Anqara – Toshkent yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirgan aviakompaniyaning Boeing 737-800 havo kemasida 160 nafar yo‘lovchi Toshkentga keldi.
Mazkur yo‘nalishda aviaqatnovlar muntazam ravishda haftada bir marta dushanba kunlari, Anqaraga esa seshanba kunlari bajariladi.
Bugungi kunda, shuningdek, O‘zbekison va Turkiya o‘rtasida Toshkent – Istanbul, Samarqand – Istanbul, Farg‘ona – Istanbul, Urganch – Istanbul, Buxoro – Istanbul yo‘nalishlarida tayinlangan aviakompaniyalar tomonidan haftasiga 61 ta reys amalga oshirilmoqda.
















