Bundan taşqari, Rossiya Federatsiyasi poytaxti meri Sergey Sobyaninning körsatmasi bilan iş beruvçilar harbiy komissarliklarga çaqiriluvçilar haqida ma’lumot taqdim etişni boşladi, deb xabar berdi Moskva harbiy komissari Maksim Loktev TASS agentligiga bergan intervyusida. 

Uning sözlariga köra, fuqarolarning harbiy komissarlikka kelmasligining asosiy sababi röyxatga olingan joydan taşqarida yaşaşidir. 

Hozir bu masalaga Sergey Sobyanin va Rossiya Içki işlar vazirligining Moskva böyiça boş boşqarmasi kömagida katta e’tibor qaratilmoqda, deya qöşimça qildi Loktev.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy xizmatga majbur bölgan şaxslarning yagona reyestrini yaratiş va elektron çaqiruv qoğozlarini joriy etiş töğrisidagi qonunni imzoladi. 

Reyestr davlat axborot resursi ma’lumotlari asosida harbiy komissarliklar tomonidan şakllantiriladi.

Harbiy xizmatni ötaşga majbur bölgan şaxslarga çaqiruv qoğozi olinganligi töğrisida tilxat bilan yozma ravişda yoki buyurtma xati orqali yuborilişi mumkin. Elektron çaqiruv qoğozi davlat xizmatlari saytining şaxsiy kabinetiga joylaştirilgan paytdan boşlab topşirilgan hisoblanadi.

Agar çaqiruv qoğozi yozma yoki elektron şaklda topşirilmagan bölsa, u reyestrga kiritilgan kundan boşlab yetti kun ötgaç topşirilgan hisoblanadi.

Çaqiruv qoğozi olingan kundan boşlab 20 kun içida harbiy komissarlikka kelmaganlarga çeklovlar qöyiladi. Şu tariqa, ularga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötiş, transport vositalari va köçmas mulkni röyxatdan ötkaziş, transport vositasini boşqariş huquqi rad etilişi, kredit beriş esa taqiqlanişi mumkin.

Muddatli harbiy xizmatga çaqirilişi kerak bölganlar çaqiruv qoğozini olgan kundan boşlab, harbiy komissarlikka kelguniga qadar Rossiyadan çiqib keta olmaydi.