Yevropa Ittifoqi ukrain ğallasi importi hajmi oşişidan jabr körgan Ukraina bilan çegaradoş mamlakatlar fermerlarini qöllab-quvvatlaş uçun 100 million yevro ajratişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters.
Gap, xususan, Ukrainadan keltirilgan buğdoy, makkajöxori, kungaboqar uruğlari haqida ketmoqda.
Avvalroq Bolgariya tranzitdan taşqari Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini import qilişni vaqtinça taqiqlagandi. Bu haqda hukumat yiğilişida boş vazir v.b. Gilib Donev ma’lum qildi.
U bu qadam sababini «ötgan yil davomida mamlakatda sezilarli miqdorda oziq-ovqat qolib ketgani va oziq-ovqat ta’minoti zanjirini buzgani» bilan izohladi.
«Agar tendensiya davom etsa yoki kuçaysa, Bolgariya biznesi uçun oqibatlari nihoyatda oğir bölişi mumkin. Biz bu milliy çorani körişga majburmiz, çunki Yevropa rasmiylari hali ham adekvat çoralar ustida öylaşda davom etmoqda», - dedi Donev.
Uning ta’kidlaşiça, Sofiya hamon Ukraina bilan birdamlikda, lekin «Bolgariya qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarining bankrotligi bunga hissa qöşmaydi».

















