Uning sözlariga köra, yangi belgilarga ega «Şahed-136» dronlaridan foydalaniş Mikolayiv va Odessa viloyatlarida qayd etilgan. 

Gumenyukning ta’kidlaşiça, rossiyaliklar kamikadze dronlardan tinç aholi örtasida keskinlikni saqlaş, şuningdek, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari va muhim infratuzilma obektlarini izlab topiş uçun foydalanmoqda.

2022 yil oktyabr oyi boşidan beri Rossiya harbiylari Ukrainaning asosiy energetika infratuzilmasi obektlariga 1200 dan ortiq raketa va uçuvçisiz uçoqlar uçirgandi. Bunday ma’lumotlar «UkrEnergo» tomonidan kompaniya Ukraina energetika tizimi tarixidagi eng qiyin deb atagan isitiş mavsumi tugaşi munosabati bilan taqdim etilgan.

«UkrEnergo» ma’lumotlariga köra, 250 dan ortiq raketalar va dronlar öz nişonlariga tegib, asosiy tarmoq obektlarining qariyb 43 foiziga zarar yetkazgan. 

Mamlakatdagi barça issiqlik va gidroelektr stansiyalari ma’lum darajada zarar körgan. Ayni paytda şikastlangan magistral tarmoqning qariyb 80 foizi allaqaçon işga tuşirilgani xabar qilingan.