AQŞ va Fransiya Xitoyga nisbatan siyosatda hamkorlikni davom ettiriş niyatida. Buni 20 aprel, payşanba kuni keçki videomuloqotda Amerika prezidenti Jo Bayden va uning Fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron tasdiqladi. Oq uy matbuot xizmatiga köra, ular Makronning Xitoyga yaqinda qilgan taşrifi, şuningdek, öz mamlakatlarining Hind-Tinç okeani mintaqasida umumiy qadriyatlar va «qoidalarga asoslangan xalqaro tartib»ni ilgari suriş böyiça sa’y-harakatlarini muhokama qilişgan. Bundan taşqari, Emmanuel Makron va Jo Bayden Tayvan böğozida tinçlik va barqarorlikni saqlaş zarurligini ta’kidladi.
Makron Xitoydan qaytgaç, katta rezonansga sabab bölgan bir qança bayonotlar bilan çiqdi. Xususan, Pekin va Vaşington örtasida Tayvan muammosi böyiça keskinlik kuçayib borayotgan bir paytda u yevropaliklar «bizniki bölmagan (Yevropaning)» inqirozlardan qoçişi, AQŞ «vassali»ga aylanmasligi kerak, degan fikrni bildirdi.
Fransiya prezidentining bu sözlari köplab Xitoy ommaviy axborot vositalari tomonidan ma’qullangan, ammo Ğarbda keskin tanqidlarga sabab bölgandi.
Ikki prezident örtasidagi suhbatning yana bir muhim mavzusi Ukrainadagi uruş böldi. Oq uy va Yelisey saroyi matbuot xizmatlari xabar berişiça, Bayden ham, Makron ham Kiyevni Rossiya tajovuzi qarşisida qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş qat’iyatini tasdiqladi.

















