Jahon | 04:24 / 21.04.2023
20176
2 daqiqa o‘qiladi

Yerda noyob astronomik hodisa – quyoshning gibrid tutilishi kuzatildi

Quyosh dunyoning ba’zi joylarida to‘liq, boshqalarida esa aylana shaklida tutildi.

Foto: Reuters

20 aprel kuni Janubi-Sharqiy Osiyo, Sharqiy Hindiston, Avstraliya va Antarktidada quyoshning gibrid tutilishi kuzatildi.

Quyosh dunyoning ba’zi joylarida to‘liq, boshqalarida esa aylana shaklida tutildi, ya’ni Oy diskining atrofidagi tashqi quyosh qirrasi ko‘rinib turdi. Shu sababli bunday tutilish gibrid deb ataladi.

Foto: Reuters

Noyob astronomik hodisa taxminan besh yarim soat davom etdi.

Foto: Reuters

Quyosh tutilishini Janubi-Sharqiy Osiyo, Sharqiy Hindiston, Avstraliya, Filippin, Hind va Tinch okeani hududida, shuningdek, Antarktidada kuzatish mumkin edi. O‘zbekistonda quyosh tutilishini ko‘rishning iloji yo‘q edi.

Foto: Reuters

Gibrid tutilishning maksimal bosqichi Timor oroli yaqinida ko‘rindi va bir daqiqadan ko‘proq davom etdi.

Foto: Reuters

Gibrid tutilish kamdan-kam uchraydigan hodisa bo‘lib, bir asrda bir necha marta sodir bo‘ladi.

So‘nggi gibrid tutilish 2013 yil 3 noyabrda kuzatilgan edi. Navbatdagisi 2031 yil 14 noyabrda sodir bo‘ladi.

Mavzuga oid