Ikki davlat AQŞ sanksiyalarini buzmaydigan tölov mexanizmini topa olmagani uçun Rossiyaning Hindistonga harbiy mahsulotlar yetkazib berişi taxminan bir yil avval töxtatilgan. Bu haqda 22 aprel, şanba kuni Bloomberg Hindiston rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Gap Hindiston tomonidan yetkazib berilgan 2 milliard dollardan ortiq qurol-yaroğ uçun tölovlar va Hindiston qurol tizimlari uçun ehtiyot qismlar hamda ikkita S-400 zenit-raketa komplekslari batareyalarini sotib oliş kerak bölgan Rossiya krediti haqida ketmoqda.
Hindiston ikkilamçi sanksiyalardan qörqib hisobni AQŞ dollarida tölay olmaydi, şuningdek, oçiq bozorda adolatli kurs böyiça ularni yetarliça xarid qila olmasligidan taşvişlanib, Rossiya rublida bitimni yakunlaşni istamaydi, dedi manbalar. Rossiya, öz navbatida, valuta kursining özgaruvçanligi sababli hind rupiyasini qabul qilişdan boş tortmoqda. Hindiston hukumati Moskvaga qurol sotişdan tuşgan rupiyadan Hindiston qarzi va kapital bozorlariga sarmoya kiritiş uçun foydalanişni taklif qildi, deya qöşimça qildi ular, biroq Moskva bu ğoyadan mamnun emas.
Ehtimoliy yeçimlardan biri yevro va dirhamdan foydalaniş bölişi mumkin, bu valutalar Rossiya neftini arzonlaştirilgan narxlarda Hindiston importi uçun tölaşga işlatiladi, dedi Hindiston hukumati yuqori martabali amaldori. Biroq, uşbu valutalardan qurol-yaroğ uçun tölaşda foydalaniş AQŞ e’tiborini köproq tortişi, şuningdek, Hindiston uçun noqulay valuta kursi tufayli xarajatlarni oşirişi mumkin.

















