Meksika prezidenti 2012 yili sobiq prezident Felipe Kalderon davrida sotib olingan, ammo köpdan beri heç kimga kerak bölmagan serhaşam Boeing 787 samolyoti 4,5 yillik urinişdan söng Tojikistonga sotilganini ma’lum qildi.

Samolet 1,6 mlrd peso (qariyb 92,9 mln dollar)ga sotilgan. Tojikiston tomoni uni 10 kun içida olib ketişi kerak.

Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador 2018 yilning 1 dekabrida vazifasini bajarişga kirişganidan söng samolyotdan foydalanişdan boş tortgan, bunga uning nihoyatda haşamatli ekanini sabab qilib keltirgandi. Kamtarona hayot tarzini ma’qul köradigan uşbu şaxs xorijiy safarlariga oddiy tijoriy reyslarda borib keladi.

Samolyot savdosidan tuşgan pul Meksikada ikkita şifoxona quriş uçun sarflanadi. Amaldagi prezident şunday qaror çiqargan.

2016 yili Meksika hukumati 28 yil davomida prezident samolyoti sifatida xizmat qilgan Boeing 757-200 örniga yangi samolyot sotib olinişini e’lon qilgandi. Meksikaning sobiq prezidenti Enrike Penya Neto ma’muriyati bergan bayonotga köra, Boeing 787 samolyoti mamlakatga 218,7 mln dollarga tuşgan.

Samolyot 80 kişiga möljalllangan va unda alohida vannaga ega bölgan tölaqonli prezident lyuks xonasi mavjud. Ekspertlar uni 300 yölovçini taşiy oladigan odatiy samolyot sifatida qayta jihozlaş ança qimmatga tuşişini ta’kidlaşgan. Şundan söng u sotuvga qöyilgandi.