Rossiya “rasmiylari” Germaniyada Ukrainaga qarşi kayfiyatni uyğotiş va Kiyevni qöllab-quvvatlaşni susaytiriş maqsadida nemis öng qanot populistik “Germaniya uçun muqobillik” (AdG) partiyasi vakillari, şuningdek, nemis “söllari” bilan boğlandi, deb xabar berdi juma, 21 aprel kuni Amerikaning The Washington Post gazetasi.

WP'ga köra, u Yevropa davlatlaridan birining razvedkasidan olingan hujjatlarga ega bölib, ularda Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib beriş böyiça tanqidiy fikrlarni kuçaytiriş uçun "Germaniyaga e’tibor qaratiş" zarurligi haqida Kremldan aniq içki körsatmalar mavjud.

The Washington Post gazetasida Rossiya rasmiylari va Germaniya siyosiy kuçlari örtasida töğridan töğri uçraşuvlar bölganligini körsatadigan hujjatlar yöq, ammo mas’ul şaxslarning xabarlariga köra, AdG bir neça a’zosi, şuningdek, Germaniyada tanqid qilingan Söl partiya vakili Sahra Vagenknextga yaqin bölgan kamida bir kişi ruslar bilan aloqada bölgan, deb yozadi WP.

Gazetaning yozişiça, Germaniyada Ukrainaga qarşi kayfiyatni şakllantiriş rejalari 2022 yil iyulidan noyabrigaça Kremlda faol muhokama qilingan va sentabrda ma’ruzaçilardan biri nemis öng qanot populistlari hamda "söllar"ning alohida vakillarini Kiyevga harbiy harakatlar olib borişda yordam berişni tanqid qiluvçi şiorlar ostida birlaştiriş taşabbusini ilgari surgan. Bunday "uruşga qarşi" bayonotlar AdG reytingini oşirişi, boşqa siyosiy lager elektorati hisobiga uning tarafdorlari sonini köpaytirişi va Germaniya fuqarolari oldida "birlaştiruvçi" partiya sifatida paydo bölişiga imkon yaratişi kerak edi, deb yozadi The Washington Post.

Taşabbus kuratorlaridan biri sifatida u prezident ma’muriyati rahbarining birinçi örinbosari Sergey Kiriyenkoni keltirdi. WP naşriga köra, u Germaniyaning Rossiya bilan munosabatlarini yaxşilaş tarafdori bölgan nemis fuqarolari uluşini uç oy içida kamida 10 foizga oşirişni talab qilgan.