30 yillar qatağoni davrida qöllangan qiynoqlar ayrim mahbuslarni aqldan ozdirgan. Ba’zilar esa qiynoqlarga doş berolmay, tuhmat qilişga majbur bölgan. Qodiriy-çi, u şunday vaziyatda nima qilgan? Quyida akademik Naim Karimovning buyuk adibning tergov jarayonlari tasvirlangan “Abdulla Qodiriyni kim tergov qilgan? Yoxud tergovçilar savoliga Qodiriy javoblari” maqolasi töliğiça e’lon qilinadi.
…Qodiriyning tergovçilarga bergan mazkur körsatmasini öqigan öquvçilarda özgaça fikr ham paydo bölişi mumkin. Ma’lumki, tergov çoğidagi qiynoqlar sababli ayrim mahbuslar aqldan ozişgan, ayrimlari boşlarini metin devorlarga urib, qattiq jarohat olişgan, keksa yoşdagilar esa qiynoqlardan vafot etişgan. Ba’zilar esa qiynoqlarga doş berolmay, özlariga ham, özgalarga ham tuhmat qilişga majbur bölgan. Şunday dahşatli holatga tuşgan Qodiriy öziga özi tuhmat qilişga majbur bölmaganmikan?..
Men bunday fikrda emasman. Bunday deyişimga sabab tergov davomidagi mana bu savol-javoblardir:
«Savol: Siz millatçi sifatida qaysi sovetlarga qarşi taşkilot foydasiga işlagansiz?
Javob: Men burjua millatçisi sifatida öz oldiga Sovet hokimiyatini ağdariş maqsadini qöygan sovetlarga qarşi özbek burjua millatçilik taşkiloti foydasiga işlaganman. Mening matbuot va adabiyot sohasidagi amaliy işim sovet hokimiyatiga qarşi qaratilgan, şuning uçun şu taşkilot rahbarlari Akmal Ikromov va Fayzulla Xöjayev tomonidan faol qöllab-quvvatlanganman, mening sovetlarga qarşi asarlarim şaxsan ularning topşiriğiga binoan ommaviy adadda naşr etilgan va keng tarqatilgan.
Savol: Ayting-çi, siz qaçon, kim tomonidan va qanday şaroitda Özbekistonda mavjud bölgan sovetlarga qarşi millatçilik taşkilotiga yollangansiz?
Javob: Özbekistonda sovet hokimiyati örnatilgan dastlabki kunlarda millatçilik kuraşi yöliga ötganim uçun men amalda sovetlarga qarşi özbek millatçilik taşkilotining keksa va faol qatnaşçilaridan biriman, ammo rasman bu taşkilotga a’zo bölmaganman…
Mustabid sovet davlati hududida yaşagan barça xalqlar tarixining musibatli va eng fojiali davri — 1937 yil özbek xalqi xotirasida ham mudhiş sana sifatida muhrlangan. Çunki şu yili Abdulla Qodiriy, Fitrat, Çölpon singari adiblar, Fayzulla Xöjayev kabi davlat arboblari, Abduvahob Murodiy, Sattor Jabbor, Ğozi Olim Yunusovdek olimlar qatağon etildi. Ular özbek xalqining bir neça asrlik turğunlik davridan keyin yetişib çiqqan buyuk farzandlari edi. Şu tariqa endigina şakllanib, kamol topib borayotgan yangi özbek fani, texnikasi, maorifi, adabiyoti va san’ati qöporib taşlandi.
Mavzuga oid
1937 yil 24 aprelda Fitrat özbek ziyolilari orasidan birinçi bölib qamoqqa olindi. 31 dekabrda Abdulla Qodiriy «Ollohga ming qatla şukrlar bölsinki, yangi yilni bola-çaqalarim bilan köradigan böldim», deb Samarqand darvozadagi xonadonida norin töğrab ötirganida kutilmaganda NKVD (Içki işlar xalq komissariati) izquvarlari kelib, uni olib ketişdi. Abdulla Qodiriy 1938 yilni NKVD zindonida mahbuslik libosida kutib oldi.
Şu örinda ta’kidlab ötiş joizki, Çölpon va Fitrat singari jöşib-qaynab yaşagan ziyolilar ortidan döst, yaşirin milliy taşkilotning a’zosi, NKVDning maxfiy xodimi sifatida ergaşib, ularning har bir qadami, har bir aytgan sözini tegişli joyga yetkazib turgan «soyalar» adibni badnom etuvçi ma’lumotlarni qölga kirita olmagan. Şu sababli adib hatto qatağon tölqini quturgan paytlarda ham NKVD nazariga tuşmagan. Şunday bölsa-da, 1937 yil 31 dekabrda Özbekiston NKVD Davlat Xavfsizligi ¬Boşqarmasi xodimlari «jinoyatning oldini oliş» maqsadida maxsus qaror tayyorlaydi. ÖzSSR Içki işlar xalq komissari, Davlat xavfsizligi mayori Apresyan tasdiqlagan bu qarorda Abdulla Qodiriyga quyidagiça ayblovlar e’lon qilingan:
1. «Milliy ittihod» aksilinqilobiy millatçilik taşkiloti a’zosi bölib, qator yillar mobaynida Sovet hokimiyati va partiyaga qarşi faol aksilinqilobiy-millatçilik kuraşini olib borgan.
2. Matbuotda partiya va hukumat rahbarlari siyosatiga nisbatan keskin aksilinqilobiy-millatçilik va tuhmatdan iborat maqolalar bilan çiqqan.
3. Şu kunlarda tugatilgan özbek aksilinqilobiy-panturkistik taşkilotining a’zosi bölib, uning aksilinqilobiy işida faol qatnaşgan.
4. Yiğilişlarda muntazam ravişda aksilinqilobiy-millatçilik, aksilşöroviy-millatçilik ruhidagi fikrlarni bayon qilgan.
Qodiriy mazkur qaror bilan tanişib, uning tagiga «Uşbu qaror menga e’lon etilgan (öqudim), bunda körsatilgan ayblarga rozi emasman va böynimga olmayman», deya imzo çekkan.
NKVD jallodlari 1937 yilda turli-tuman qiynoq usullarini qöllaş natijasida özbek xalqining qançadan-qança ziyolilari irodasini sindira olgan. Inson zoti körmagan qiynoqlardan zada bölgan ziyolilar qora tuhmatdan iborat söroq bayonnomalarini öz imzolari bilan tasdiqlaşga majbur bölişgan. Biroq Apresyan boşliq NKVD xodimlari Qodiriyni «jilovlaş»ning uddasidan çiqişolmadi. Qodiriyning biror aksilinqilobiy taşkilotga daxldor bölganini isbotlovçi isbot topa olmagan tergovçilar yoz oylarida qamalgan yozuvçilarning tergov bayonnomalarini titkilay boşlaydi. Buni qarangki, Ğozi Olim Yunusov bilan Qayum Ramazon Özbekistondagi panturkistlarni sanaganlarida Qodiriy nomini ham tilga olgan, Abdulhamid Sulaymonov (Çölpon) Qodiriy bilan Şohid Esonni millatçi-aksilinqilobçilar qatoriga qöşgan, Mömin Usmonov Fayzulla Xöjayevning Qodiriy, Elbek, Çölpon va Fitratga yaxşi şaroit yaratib berganini eslagan, A’zam Ayub esa Akmal Ikromov «Turkiston» gazetasiga muharrirlik qilgan vaqtda Qodiriyning ham şu gazetada xizmat qilganini aytib ötgan ekan. Bu ma’lumotlar, avvalo, beçora mahbuslardan qiynoq ostida olingan, qolaversa, ular dalil va aşyosiz, puç gaplar edi.
Öziga qöyilgan barça siyosiy ayblarning puçligini körgan Qodiriy tergov jarayonida öz haqiqatini mardona himoya qildi. Tergovçilar uç oy mobaynida Qodiriyga nisbatan eng dahşatli qiynoq usullarini qöllasa-da, uning irodasini sindira olmadi. Qodiriy bilan bir kamerada yotib, bolşeviklar dözaxidan omon çiqqan sobiq mahbuslarning aytişlariga qaraganda, ular adibni kaltaklab, yarim keçada kameraga çalajon holda taşlab ketişar, tibbiyotdan oz-moz xabardor mahbuslar bir hafta-yarim hafta davomida uni davolab, eski holiga keltirişar, bir-ikki haftadan keyin esa yana öşa qiynaş va davolaş «seans»lari davom etar ekan. U baribir tergovçilar talqinida yozilgan tergov bayonnomalariga imzo çekmadi. Şuning uçun ham u imzo çekkan yagona tergov bayonnomasiga «1937 yil, mart» deb yozilgan bölsa-da, sana örniga uç nuqta qöyilgan. Bu tergovning neçançi tergov ekanini ham, 1938 yil martining qaysi kuni bölib ötganini ham heç kim bilmaydi.
Ma’lumki, Qodiriy 1926 yilda «Yiğindi gaplar» hajviyasi uçun respublika rahbarlari obrösini tökişda ayblanib, bir neça oy qamoqda yotib çiqqan. Şu jarayon bilan boğliq materiallar NKVD tergovçilari ixtiyorida bölgani uçun ular tergovni şu masalaga «oydinlik kiritiş»dan boşlamoqçi böladi. Lekin mahbusning öz «xato»larini «Muştum» jurnali faoliyati bilangina boğlamoqçi bölganini sezib, asl maqsadga ötişni lozim topişadi.
«Savol: Siz sovetlarga qarşi millatçilik işingizni «Muştum» jurnali doirasi bilan çeklamoqçisiz. Ogohlantiramiz: bu — befoyda uriniş. Ma’lumki, siz burjua millatçisi sifatida adabiyot sohasida faollik körsatgansiz. Şu töğrida mukammal körsatma bering.
Javob: Men tergovdan özimning burjua millatçilik e’tiqodimni yaşirmoqçi emasman. Zero, mening bir neça yil davomida olib borganim sovetlarga qarşi millatçilik işi şu qadar ma’lumki, uni qançalik istasam ham yaşira olmayman. Şuning uçun ham men adabiyot olamida sovetlarga qarşi olib borganim amaliy millatçilik işi haqida vijdonan, haqqoniy sözlab berişga harakat qilaman.
Men jadidizm burjua-millatçilik partiyasi mafkurasi ruhida tarbiyalanganman, şuning uçun Oktabr inqilobining dastlabki kunlaridanoq Sovet hokimiyatiga qarşi burjua-millatçilik kuraşi yöliga ötganman. Sovet hokimiyati burjua millatçiligi bilan çiqişmagani, aksinça, uning manfaatlariga qarşi bölgani uçun Sovet hokimiyati ğoyalarini qabul qilmaganman. Şunga asoslangan holda burjua yozuvçisi sifatida butun kuçim va imkoniyatim bilan sovetlarga qarşi faol millatçilik işini olib borganman.
Men 1919 yili «Ötgan kunlar» tarixiy romanini yozişga kirişib, uni uzil-kesil tugatib, 1925 yili naşrdan çiqardim. Sovet hokimiyatining Turkistondagi beş yillik hayoti mening siyosiy e’tiqodimda heç bir özgarişni yuzaga keltirmadi, şuning uçun «Ötgan kunlar» romani çop etilgan vaqtda men imoni komil burjua millatçisi edim.
«Ötgan kunlar» romani sovet voqeligini oçiqdan-oçiq inkor etuvçi, oşkora sovetlarga qarşi, millatçilik ruhidagi asar edi.
Men şu asarda inqilobga qadar bölgan ijtimoiy davlat tuzumini va özbek millatçiligini butun kuçim bilan ideallaştirdim. Agar romanda töğridan-töğri «Yöqolsin sovet hukumati!» deyilgan bölmasa-da, kamida içki mazmuni şunga çaqirgan…»
Qodiriyning tergov paytida aytgan bu sözlari şu vaqtgaça biror kitob yoki maqoladan örin olmagan. Bugun oddiy kitobxonlar ham, adabiyotşunoslar ham uluğ adibning bu sözlarini öqib hayratlanişlari tabiiy. Nega mahbuslik kursisida, jallodlari röparasida ötirgan adib ular qöyayotgan tuzoqqa çap beriş örniga, ular aytayotgan tuhmatni rad etiş örniga, aksinça, özini özi dor sari eltmoqda?! Mahbus adibdagi bu özgarişning sabablari nimada? U tergovçilar bilan kuraşda çarçaganidanmi yoki özining bolşeviklar zindonidan omon çiqişiga işonmay qöyganidanmi?! Yoki NKVD jallodlari bilan olişişdan köra, ulardan otilib qutulişni afzal körganidanmi?!
Mahbus adibning tergovçilar savoliga javoban aytgan şu sözlarini yana bir bor öqib körsangiz, undan boşqaça bir ma’no ham çiqadi. «Ötgan kunlar» romani çop etilgan vaqtda men imoni komil burjua millatçisi edim», — demoqda adib. Bu nima degani?.. «Sovet hokimiyatining Turkistondagi beş yillik hayoti mening siyosiy e’tiqodimda heç bir özgarişni yuzaga keltirmadi», — demoqda u yana.
U aytmoqçiki, Sovet hokimiyati barpo etilganidan keyin çor mustamlakasi bölgan Turkistonda heç qanday özgariş röy bermadi. Çor hokimiyati ham, Sovet hokimiyati ham Turkistonni talaş, Turkiston aholisini ezişdan boşqa biror karomat körsatmadi!.. Uning «siyosiy e’tiqodi» zaminida şu masala mujassam. Şuning uçun ham adib «Ötgan kunlar» romanida inqilobga qadar Turkistonda hukm surgan ijtimoiy davlat tuzumini va «özbek millatçiligi»ni ideallaştirdim, deb öylaydi. U «özbek millatçiligi» deganda özbeklarning öz tarixi, yurti, tili, urf-odatlarini qadrlaşini nazarda tutadi. Jadid yozuvçilari asarlaridagi «millatçilik» — milliy ğoya, milliy dunyoqaraş, milliy mentalitetning mustamlakaçilik şaroitida xira tortişiga qarşi kuraş qurolidir. Bolşeviklar ana şu quroldan qörqişgan. Millatçilik, aslida, millatparvarlik deganidir.
Qodiriyning tergovçilarga bergan mazkur körsatmasini öqigan öquvçilarda özgaça fikr ham paydo bölişi mumkin. Ma’lumki, tergov çoğidagi qiynoqlar sababli ayrim mahbuslar aqldan ozişgan, ayrimlari boşlarini metin devorlarga urib, qattiq jarohat olişgan, keksa yoşdagilar esa qiynoqlardan vafot etişgan. Ba’zilar esa qiynoqlarga doş berolmay, özlariga ham, özgalarga ham tuhmat qilişga majbur bölgan. Şunday dahşatli holatga tuşgan Qodiriy öziga özi tuhmat qilişga majbur bölmaganmikan?..
Men bunday fikrda emasman. Bunday deyişimga sabab tergov davomidagi mana bu savol-javoblardir:
«Savol: Siz millatçi sifatida qaysi sovetlarga qarşi taşkilot foydasiga işlagansiz?
Javob: Men burjua millatçisi sifatida öz oldiga Sovet hokimiyatini ağdariş maqsadini qöygan sovetlarga qarşi özbek burjua millatçilik taşkiloti foydasiga işlaganman. Mening matbuot va adabiyot sohasidagi amaliy işim sovet hokimiyatiga qarşi qaratilgan, şuning uçun şu taşkilot rahbarlari Akmal Ikromov va Fayzulla Xöjayev tomonidan faol qöllab-quvvatlanganman, mening sovetlarga qarşi asarlarim şaxsan ularning topşiriğiga binoan ommaviy adadda naşr etilgan va keng tarqatilgan.
Savol: Ayting-çi, siz qaçon, kim tomonidan va qanday şaroitda Özbekistonda mavjud bölgan sovetlarga qarşi millatçilik taşkilotiga yollangansiz?
Javob: Özbekistonda sovet hokimiyati örnatilgan dastlabki kunlarda millatçilik kuraşi yöliga ötganim uçun men amalda sovetlarga qarşi özbek millatçilik taşkilotining keksa va faol qatnaşçilaridan biriman, ammo rasman bu taşkilotga a’zo bölmaganman.
Savol: Siz yolğon gapiryapsiz. Tergov sizning «Milliy ittihod», keyinçalik «Milliy istiqlol» sovetlarga qarşi millatçilik taşkilotlarida qatnaşganingiz haqida işonçli ma’lumotlarga ega. Bularni qanday qilib inkor etasiz?
Javob: Men «Milliy ittihod», şuningdek, «Milliy istiqlol» taşkilotlariga heç kim tomonidan yollanmaganim uçun bu taşkilotlarga taşkiliy-rasmiy jihatdan mansub bölganimni inkor etaman…»
Köramizki, Qodiriy tergovçilarning savollariga öylab javob bermoqda.
U sovet hokimiyatining mustamlakaçilik siyosatidan norozi bölgani uçun özini şu hokimiyatga qarşi kuraşayotgan sovetlarga qarşi taşkilot a’zolari safida köradi, şu taşkilotning norasmiy a’zosi sifatida faoliyat olib borganini aytadi. Ammo şu taşkilotga kim tomonidan yollanganini keskin rad etadi. Özgaça aytganda, Qodiriy özga bir kişining istagi va da’vati bilan emas, balki öz qalbining da’vati bilan sovet hokimiyatiga qarşi kuraşganini e’tirof etgan.
Kapitalistik davlatlar qurşovida qolgan sovet davlati 1936 yilda oğir sanoatni rivojlantiriş, yaqinlaşib kelayotgan uruşga hozirlaniş maqsadida xalqqa yangi soliqlar solgan, zayom çiqarib, uni majburiy ravişda tarqatgan. Sovet davlatining şu siyosati xalqning aksar qismida norozilik uyğotgan. Tergovçilar şu voqea munosabati bilan mahbusga bunday savol berişgan:
«Savol: Siz 1936 yilda ruhoniylarning sovetlarga qarşi yiğinida qatnaşgansiz, şu yiğinda sovet hokimiyati siyosati aksilinqilobiy ruhda muhokama qilingan. Şuni tasdiqlaysizmi?
Javob: Ha, tasdiqlayman. 1936 yilning yozida bir ruhoniy — yaqin kişim Zahiriddin A’lamning uyida sovetlarga qarşi yiğin bölib ötgan, unda Sovet hokimiyatining soliq va zayom siyosati sovetlarga qarşi ruhda muhokama qilingan. Men şaxsan öz fikrimni bayon qilmagan bölsam ham, Zahiriddin A’lamning sovetlarga qarşi tuhmatdan iborat fikriga töla qöşilganman. Şu jihatdan özimni aybdor hisoblayman».
Bizgaça yetib kelgan yagona söroq bayonnomasi Qodiriyning şunday iqror sözlari bilan tugaydi. Qodiriy şu sönggi javobi bilan ham sovet davlatining xalq iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir körsatajak siyosatidan norozi bölganini yaşirmaydi, aksinça, Zahiriddin A’lamning «sovetlarga qarşi fikri»ga töliq qöşilganini aytadi.
Ma’lum bölişiça, şu ötirişda Ğafur Ğulom ham hozir bölgan ekan. U 1938 yil 21 mart kuni bölib ötgan söroqda bunday degan: «1936 yili men Qodiriy bilan birgalikda Nabi Şaripovning uyiga taklif etildim (…); öşa xonadonga Zahiriddin A’lam, Şohidov, Çölpon (…) va menga notaniş kimsalar taklif etilgan ekan. Ötiriş davomida faqat siyosiy mavzuda suhbatlaşdilar, hamma Sovet hokimiyatini qoraladi, sovetlarga qarşi gapirdi. Qodiriy «Sovet hukumati zayom çiqardi, endi uni majburiy tartibda odamlarga tarqatmoqda», – dedi. Ötiriş qatnaşçilarining bari Qodiriyning fikr-mulohazasini qöllab-quvvatladi va şu yerdayoq zayomga obuna bölmaslik haqida tarğibot yuritişga kelişib qöydilar».
Ğafur Ğulomning bu sözlari bilan Qodiriyning javobi örtasida bir oz farq bölişiga qaramay, mohiyati bitta: Qodiriy sovet hukumatining şu siyosati xalqning moddiy turmuşiga salbiy ta’sir körsatişi ravşan bölgani uçun undan norozi bölgan. U şu noroziligini oçiq-oydin aytgan va şu masalada ayrim zamondoşlari kabi munofiqlik qilmagan.
Ammo Qodiriy Fitrat va Çölpondek sovet davlati mustamlakaçilik siyosatining mohiyatini keskin foş etuvçi va xalqni bolşeviklar davlatiga qarşi kuraşga da’vat etuvçi birorta asar yozgan emas. Uni öz asarlari bilan sovet hokimiyatiga qarşi kuraşgan, deyiş ham notöğri. U öz ijodi bilan özbek adabiyotini yuksak bosqiçga kötargan, özbek xalqini jahonga tanitgan, «Obid ketmon» qissasi, «Şubha», «Quyoşga qarşi kuraşaman» singari hikoyalari bilan esa sovet davlatining jamoalaştiriş kampaniyasini qöllab-quvvatlagan adibdir. U tergov jarayonida ana şu adibning manglayiga «xalq duşmani» degan mudhiş tamğani qöyayotgan sovet davlatiga qarşi sokin isyon kötaradi va şu isyon uçqunlarining paydo böliş tarixini sovet davlatiga qarşi kuraş tarixi sifatida talqin etmoqçi böladi.
Qodiriy 1937 yil 10-20 mart kunlarida Mömin Usmonov, Qurbon Beregin, Nazrulla Inoyatov, Ğozi Olim Yunusov va Sa’dulla Tursunxöjayev bilan yuzlaştiriladi. Yuzlaştirişdan maqsad Qodiriyni şu mahbuslarning körsatmalari asosida göyo A.Ikromov va F.Xöjayev rahbarlik qilgan sovetlarga qarşi aksilinqilobiy taşkilotning a’zosi sifatida qoralaş edi. Qodiriy yuzlaştiriş vaqtida 1932 yilga qadar millatçi yozuvçi bölganini e’tirof etgan bölsa-da, aksilinqilobiy taşkilotga a’zo bölganligi haqidagi aybni mutlaqo tan olmagan. Şunga qaramay, 1938 yil aprel oyida (kuni körsatilmagan) ÖzNKVD DXB 4-bölimi 3-bölinmasi boşliği yordamçisi, DX leytenanti N. Trigulov va şu bölinma boşliği, DX leytenanti Bogomolov «Ayblov xulosasi»ni tuzadi. 4-bölim boşliği yordamçisi, DX leytenanti Matveyevning roziligi olingan «Ayblov xulosa»si mahbusga öqib eşittiriladi. «Ayblov xulosasi»da qayd qilinişiça, Qodiriy ÖzSSR Jinoyat kodeksining 58-, 64- va 57-moddalari böyiça, ya’ni Özbekistonni Sovet Ittifoqidan ajratib oliş maqsadida tuzilgan aksilinqilobiy millatçilik taşkilotining a’zosi bölganlik va şu maqomda sovetlarga qarşi aksilinqilobiy faoliyatni olib borganlikda ayblangan edi.
Tergov paytida ham, yuzlaştirişlar jarayonida ham Abdulla Qodiriyning aksilinqilobiy taşkilot a’zosi bölgani fakti mutlaqo tasdiqlanmagan.
1956 yilda şaxsga siğiniş fojialarini qoralaş işlari boşlanganda şu jinoyat bilan şuğullangan ÖzNKVD xodimlarining tiriklari tergovga tortilib, ommaviy qirğinda iştirok etgani uçun NKVD organlaridan haydaşdek «favqulodda oğir jazo»ga hukm qilindi. Şu jarayonda tergovçilarning öz lavozimlarini suiiste’mol qilgani, ya’ni istalgan kişini qamoqqa olib, istagança azoblagani va ularga istagança jazo berganlari kundek ravşan böldi.
«Yozuvçi Abdulla Qodiriyning işi yuzasidan şuni aytişim lozimki, — degan Nurmi Trigulov 1956 yil 9 iyunda bölib ötgan tergovda, — u Agabekovning taşabbusi bilan qamoqqa olingan… Öşa paytdagi barça tergov işlaridek, Abdulla Qodiriy ustidan qözğatilgan iş ham ibtidoiy usulda, inqilobiy qonunçilikka xilof ravişda olib borilgan… Masalan, Abdulla Qodiriy öziga qöyilayotgan ayblarni sira tan olmagan; tintuv paytida jinoyat belgilarini körsatadigan birorta ham aşyo-dalil topilmagan; şuning uçun qamoqdagi boşqa mahbuslarning körgazmalaridan olingan nusxalar unga qarşi işlatilgan—buni men tasdiqlayman. Öşa paytdagi tartibga köra, har qanday odamning biror millatçilik taşkilotiga aloqadorligini isbotlaş uçun mahbuslarning körsatmalaridan olingan nusxalar yetarli bölar, şu asosiy aşyo hisoblanar edi. Şunday aşyoga asoslanib prokuror qamoqqa oliş haqida farmon berar, şu aşyo asosida mahbusga ayb qöyilar va aybnoma tuzilar edi. Şunday masxarabozlik bilan Abdulla Qodiriy işi ham oxiriga yetkazilgan; jinoiy iş yuzasidan qonuniy tergov olib borilmagan, u xöjakörsinga söroq qilingan…»
Trigulov öz körsatmasida «inqilobiy qonunçilikka xilof ravişda olib borilgan» iborasini qöllagan. Holbuki, ötgan asrning 20-30 yillarida harakatda bölgan «inqilobiy qonunçilik» yuz minglab begunoh kişilarning bekordan-bekorga otilib ketilişi, yuz minglab kişilarning boşqa ölkalarga surgun qilinişi, ota-onasi qatağon qilingan minglab bolalarning qarindoş-uruğlari bağridan yulib olinib, boşqa şahar va respublikalardagi «Bolalar uyi»ga yuborilişiga töliq imkon bergan.
1938 yil 4 oktyabrda Toşkent şahrining Yunusobod tumanida joylaşgan NKVD maxsus poligonida otib taşlangan va şu yerdagi xandaqlardan birida maxfiy ravişda dafn etilgan Abdulla Qodiriy taqdiri ham şundan dalolat beradi.