Toşkentda YPX xodimlari qoidabuzar haydovçini quvlagani natijasida bir neçta maşinalar şikastlangani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt YHXB matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga köra, 22 aprel kuni soat taxminan 23:00 larda Yakkasaroy tumani, Şota Rustaveli—Muqumiy çorrahasida Toşkent şahar IIBB YHXB YPX inspektori xizmat olib borayotgan vaqtda 2001 yilda tuğilgan S.X. (haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan) boşqaruvida bölgan Gentra’ga jyezl va huştak yordamida töxtaş işorasini bergan, haydovçi YPX inspektorining qonuniy işorasiga böysunmasdan harakatni davom ettirgan.

Haydovçining xatti-harakati xodimlarda şubha uyğotgan. Şundan söng Cobalt xizmat maşinasida Gentra’ning orqasidan kuzatuv olib borilgan va maxsus avtomaşinadagi ovoz kuçaytirgiç orqali bir neça marta haydovçiga töxtaş işorasi berilgan. Haydovçi S.X. esa YPX inspektorlarining qonuniy talabini bajarmasdan Şota Rustaveli—Komil Yaşin hamda Boği Böston—Komil Yaşin çorrahalarida svetoforning taqiqlovçi qizil çiroğiga böysunmasdan, belgilangan me’yoriy tezlikni oşirib harakatlangan.

Komil Yaşin—S.Sirojiddinov çorrahasiga kelganda Gentra ikkinçi darajali yöldan çiqib, asosiy yöldan kelayotgan skuterga yöl bermasdan töqnaşib, Komil Yaşin 1-tor köçasidagi uy qarşisida yöl çetida töxtab turgan Cobalt’ga borib urilgan.

Foto: Toşkent şahar YHXB matbuot xizmati 
Foto: Toşkent şahar YHXB matbuot xizmati 

Kuzatuv işlarini olib borayotgan YPX inspektorlari Yakkasaroy tumanida yaşovçi, skuter haydovçisi — 2004 yilda tuğilgan Yu.A. hamda Gentra yölovçisi — 2002 yilda tuğilgan I.S.ga birinçi yordam körsatib, tez tibbiy yordam xodimlari orqali yaqin atrofdagi şifoxonaga olib borişgan.

Toşkent şahar IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilişiça