Ukraina harbiylari mamlakat havo hududi ustidan nazoratni yöqotiş xavfi ostida. Ğarb qöşimça qurol söroviga javob bermasa, bunday ssenariy yuzaga kelişi mumkin.
The Times naşrining yozişiça, Pentagonning internetga sizdirilgan öta maxfiy hujjatlari Ukraina armiyasining zaif tomonlarini oçib bergan va xavotir qönğiroğini çalmoqda. Ular Ukrainada havo hujumiga qarşi öq-dorilar kamligini körsatgan, oqibatda kelasi oydayoq mamlakat öz osmoni ustidagi nazoratni Rossiyaga boy berişi mumkin.
Rossiya allaqaçon Ukrainaga havo hujumidan mudofaa vositalarini yetkazib berişning qisqarişiga e’tibor qaratgan. Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasini yöq qiliş böyiça qişki kampaniya muvaffaqiyatli bölmadi, biroq u şaharlar va muhim inşootlar yaqinida havo mudofaa vositalarining töplanişiga olib keldi. Oqibatda front çiziği osmoni deyarli oçiq holda, himoyasiz qoldi.
Şu bilan birga, Rossiya özining FAB-500 bombasini mukammallaştirdi, uning qanotlarini GPS tizimi bilan jihozladi. Bu esa uni jangovar samolyotdan taşlaş va mustaqil ravişda nişonga yetib boriş imkonini beradi. Bunda samolyotning Ukraina hududiga kirişi ham şart emas. Bu esa uning urib tuşiriliş ehtimolini yöqqa çiqaradi.
Aynan şunday bombaning Su-34 samolyotidan taşlab yuborilişi oqibatida Rossiyaning Belgorod şahriga tasodifiy zarba berildi. Bunda kamida uç kişini jarohatlandi. Tahlilçilar bu kabi hodisalarning köpayişini Rossiya harbiy parvozlari sonining keskin oşgani bilan boğlamoqda.
Ukraina harbiylari endi yaqinlaşib kelayotgan qarşi hujumda quruqlikdagi kuçlarni havodan qanday himoya qiliş haqida boş qotirmoqda.

















