G7 davlatlari Ukraina ğallasini Qora dengiz orqali eksport qiliş böyiça muhim kelişuvni "uzaytiriş, töliq amalga oşiriş va kengaytiriş"ga çaqirdi. Bu haqda 23 aprel, yakşanba kuni Yaponiyaning Miyazaki şahrida bölib ötgan "Katta yettilik" a’zo mamlakatlari qişloq xöjaligi vazirlari yiğilişi yakunlari böyiça kommyunikega tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Hujjatda, şuningdek, "oziq-ovqatdan beqarorlik vositasi va geosiyosiy majburlaş vositasi sifatida foydalanişga" urinayotgan Rossiyaning pozitsiyasi ham qoralanadi. G7 davlatlarining hamjihatlikda harakat qiliş va "Rossiyaning oziq-ovqat "militarizatsiyasidan" eng köp jabr körganlarni qöllab-quvvatlaş"ga qat’iyligi tasdiqlandi.
Bundan taşqari, kommyunikeda G7'ga a’zo mamlakatlar Ukrainani tiklaş va rekonstruksiya qiliş, jumladan, qişloq xöjaligi yerlarini minalardan tozalaş va qişloq xöjaligi infratuzilmasini tiklaş sohasida ekspertiza taqdim etiş orqali qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanliklari e’lon qilingan.
Avvalroq Moskva, Rossiya nuqtayi nazaridan, 18 mayda tugaydigan “ğalla bitimi”ning uzaytirilişini muammoli deb atagan edi. Rossiya Federatsiyasi özi tomonidan qöyilgan barça şartlarni bajarişni talab qildi. Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Verşininning sözlariga köra, hozirça heç qanday natija körinmayapti, kelişuvni Rossiya manfaatlariga, şuningdek, jahonda global oziq-ovqat xavfsizligiga zarar yetkazadigan tarzda amalga oşirişni davom ettiriş mumkin emas.


















