Ukrainadagi uruş böyiça vaziyatning yangi şarhida Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiya kuçlarining yöqotişlari sezilarli darajada kamayganiga işora qilmoqda.
Aprel oyida bu körsatkiçlar rossiyaliklarning yanvar-mart oylarida öta oğir yöqotişlardan keyin taxminan 30 foizga kamayişi kutilmoqda, deb yozadi Britaniya agentligi Twitter’da Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga tayanib.
Mart oyida Rossiya kuçlari kuniga örtaça 776 kişini yöqotdi, aprelda - 568 kişi, deyiladi ma’lumotda.
Şu bilan birga, Britaniya razvedkasi ukrainaliklar tomonidan uşbu körsatkiçlarni hisoblaşning aniq metodologiyasini tekşira olmasligini ta’kidladi, biroq uning ekspertlari fikriça, umumiy tendensiya töğri hisoblangan bölişi ehtimolga yaqin.
«Qişki hujum böyiça urinişda öz maqsadlariga erişa olmagani uçun Rossiyaning qurbonlari kamaygan bölişi mumkin va Rossiya kuçlari hozirda Ukrainaning kutilayotgan qarşi hujumiga tayyorgarlik körişga bor e’tiborini qaratgan», deya xulosa qilgan London.


















