Moskva viloyatida qulab tuşgan uçta kvadrokopter kameralar va kelib çiqişini tasdiqlovçi belgilarsiz topildi, deya xabar bermoqda TASS huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib. 

Barça dronlar Moskva viloyatining turli hududlarida topilgan va «ulardan biri Bogorodsk okrugida portlovçi moddalar topilgan Ukraina samolyoti tipidagi dron halokatga uçragan joydan unçalik uzoq emas», deyiladi agentlik xabarida.

24 aprel kuni Moskva viloyatining Bogorodskiy şahar okrugida dron qulab tuşgandi. Dron Noginsk yaqinida qulagan, UUA mahalliy aholi tomonidan örmondan topilgan. 

Telegram-kanallar ma’lumotlariga köra, UUA 17 kg portlovçi moddalar bilan töldirilgan. Gap Ukrainada işlab çiqarilgan UJ-22 Airborne droni haqida ketmoqda. Bunday dronning uçiş masofasi 800 kilometrgaça. 

Ilgari bunday dron Moskva viloyatining Kolomenskiy tumanida, Gubastovo qişloği yaqinidagi «Gazprom» gaz kompressor stansiyasi hududiga qulagan edi, deb eslatib ötgan «Novaya gazeta Yevropa».