Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2022 yilda Özbekiston Rossiyaga 3,1 mlrd dollarlik tovar va mahsulotlarni eksport qildi. Natijada, bu mamlakat Özbekiston eksportida birinçi öringa çiqib oldi. 2021 yilda bu körsatkiç böyiça Xitoy (2,5 mlrd dollar) oldinda edi.
Tarkiban olib qaralganda, Özbekiston eksportidagi top-5 mamlakatlar 2 yil davomida özgarişsiz qoldi – özbek tovar va mahsulotlari yuqoridagi ikki mamlakatdan taşqari Turkiya, Qozoğiston va Qirğizistonda bozori çaqqonligiça qolgan.
2022 yilda Özbekiston eksportida yuqori uluşga ega bölgan davlatlar:
- Rossiya - $ 3,1 mlrd;
- Xitoy - $ 2,5 mlrd;
- Turkiya - $ 1,5 mlrd;
- Qozoğiston - $ 1,4 mlrd;
- Qirğiziston - $ 979 mln.
2021 yilda Özbekiston eksportida yuqori uluşga ega bölgan davlatlar:
- Xitoy - $ 2,5 mlrd;
- Rossiya - $ 2,1 mlrd;
- Turkiya - $ 1,7 mlrd;
- Qozoğiston - $ 1,2 mlrd;
- Qirğiziston - $ 791 mln.
2023 yil yanvar-mart oylarida ham vaziyat deyarli özgarmadi. Faqat yuqori beşlikka kiruvçi davlatlar qatorida Qirğiziston örnini Afğoniston egalladi, Turkiya esa Xitoydan özib, ikkinçi öringa kötarildi.
2023 yil yanvar-mart oylarida Özbekiston eksportida yuqori uluşga ega bölgan davlatlar:
- Rossiya - $ 736,2 mln;
- Turkiya - $ 336,4 mln;
- Xitoy - $ 334,1 mln;
- Qozoğiston - $ 280 mln;
- Afğoniston - $ 178,2 mln.
















