Gap şundaki, Olmaliq şahri Totuvlik köçasida 1970 yilda yotoqxona sifatida qurilgan bino 2017 yilda şahar hokimining qaroriga asosan “nol” qiymatda “UNIVERSAL G`ISHT SAVDO” MÇJga berilgan. Qarorda jamiyat tomonidan davlat investitsiya majburiyatlarini bajarişi uçun öz çegarasidan çiqmagan holda rekonstruksiya qilib, turar joy uçun quriliş işlari olib borilişi belgilangan. Yotoqxona turar joyga moslaştirilgaç, şahar hokimi qaroriga asosan foydalanişga qabul qilingan hamda 15 ta xonadon hokimlikning maqsadli kommunal fondiga berilgan.

Şu tariqa, Toşkent viloyat hokimligi tomonidan binoga viloyatning turli tumanlaridan 38 nafar nogironligi bölgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro joylaştirilgan. Mazkur uy-joyda yaşovçi fuqarolar bir neça yillardan buyon uy-joyni xususiylaştiriş masalasida murojaat qilib kelişgan. Biroq bino “UNIVERSAL G`ISHT SAVDO” MÇJ rahbari B.Şukurovga tegişli bölganligi hamda xonadonlarni fuqarolarga rasmiylaştirib berişida turli tösiqlar borligi muammoning hal etilmay qolişiga sabab bölgan. 

2022 yilning dekabr oyida fuqarolarning murojaati nazoratga olinib, Toşkent viloyati prokurori topşiriğiga asosan işçi guruh tuzilgan holda tadbirkorning muammolari örganib çiqilgan. Örganişlar davomida uning nomida bir neça yillardan buyon MIB, kadastr va soliq organlari tomonidan qöyilgan taqiqlar borligi aniqlangan. Mazkur taqiqlar qonunda belgilangan tartibda bosqiçma-bosqiç olib taşlangan.

Hozirda mazkur uyda yaşovçi 38 nafar fuqaroga xonadonlar MÇJ rahbari tomonidan notarial tartibda hadya şartnomasi asosida rasmiylaştirib berildi.