Dunyoning turli manzillarida ov qilib, jarayonni tasvirga olgan Sergey Mazurkeviçning bu safargi manzili Özbekiston bölgan. U 3 kun oldin ijtimoiy tarmoqdagi “Trofeynaya oxota” kanalida Özbekistondagi ov jarayonidan tayyorlangan filmni e’lon qildi.
Filmdan köriş mumkinki, ovçi va tasvirga oliş guruhi Surxondaryo viloyati hududida, toğli manzilda bölişgan. Ovçi Accuracy International AXMC-338 nomli quroli bilan bir boş morxör (toğ eçkisi) hamda bir boş arxarni ovlagan.
Kun.uz muxbiri holatga aniqlik kiritiş uçun Tabiat resurslari vazirligi mas’uli bilan boğlandi. Unga köra, rossiyalik ovçi morxör va arxarni qonuniy tarzda ovlagan.
“Rossiyalik ovçi ölja ovini belgilangan ruxsat asosida, ov quroli bilan amalga oşirgan. Buning uçun Fanlar akademiyasining xulosasi olingan. Aslida, buning foydali tomonlari ham bor. Yovvoyi hayvonni otib öldirdi, degan oddiy xulosaga bormaslik kerak. Yaqinda ovçilik turizmi böyiça xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda tadbir ötkazişni reja qilib turibmiz. Asosiy maqsad yovvoyi va kamyob hayvonlarning köpayişiga imkon yaratiş”, — deydi Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan vazirlik mas’uli.
Ikki yil oldin Rossiya fuqarosi Ye.P.Şirokov Böstonliq tumanida 1 dona qönğir ayiqni otib, u bilan vahşiylarça suratga tuşgandi. Öşanda unga 2 dona Tyanşan qönğir ayiğini otişga ruxsatnoma berilgandi. Jamoatçilikning keskin e’tirozidan söng ovçidan ikkinçi qönğir ayiqni ovlaşga berilgan ruxsatnoma qaytarib olingan edi.
Ma’lumot uçun, morxörlar Surxondaryo viloyatining şarqiy qismidagi toğ tizmalari (Bobotoğ)da uçraydi. Soni keskin kamayib ketganligi sabab Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan edi.











