Saudiya Arabistoni rahbariyati körsatmalariga binoan harbiy harakatlar maydoniga aylangan Sudan hududidan çet el mamlakatlari  fuqarolarini evakuatsiya qiliş işlari amalga oşirildi.

Saudiya Arabistonining Özbekistondagi elçisi Yusuf bin Solih al–Gahraning Kun.uz’ga ma’lumot berişiça, Saudiya Arabistonining Podşohlik harbiy–dengiz kuçlari qurolli kuçlarning boşqa bölinmalari bilan amalga oşirgan evakuatsiya işlari Sudanda nizo boşlangandan beri dengiz orqali amalga oşirilgan birinçi evakuatsiya sanaladi. Evakuatsiya işlari fuqarolarni Xartumdan Port Sudan bandargohiga olib kelişni qamrab olgan.  

«Qardoş va döst mamlakatlarning Sudan Respublikasidagi öz fuqarolarini evakuatsiya qiliş borasidagi sörovlariga javoban Podşohlik amalga oşirgan işlar uning xalqaro hamjamiyatning işonçli şerigi sifatidagi örni ta’kidlanişi ham böldi.     

Podşohlik evakuatsiya qilgan çet elliklar 12 mamlakat (Kuvayt, Qatar, BAA, Misr, Tunis, Pokiston, Hindiston, Bolgariya, Bangladeş, Filippin, Kanada va Burkina Faso) fuqarolari bölib, ularning orasida diplomatlar va xalqaro taşkilotlar xizmatçilari ham bor, jami qardoş va döst mamlakatlar fuqarolaridan 66 kişi evakuatsiya qilindi (yaqin kunlarda mazkur raqamlar oşişi kutiladi).

Sudan Respublikasidagi birodarlarning u yerda qolib ketganlarni evakuatsiya qiliş işlarini amalga oşiriş uçun yaratib bergan yengilliklarini Podşohlik qadrlaydi.

Podşohlik öz fuqarolariga yordam körsatişni sörab murojaat qilgan qardoş va döst mamlakatlarning fuqarolarini evakuatsiya qiliş borasidagi ezgu işlarni davom ettiradi», deyiladi xabarda.

Ayni paytda podşohlik qardoş va döst mamlakatlarning öz yurtlariga qaytiş istagida bölgan fuqarolarini evakuatsiya qiliş maqsadida Sudandagi hamkorlari bilan xavfsiz yölaklarni ta’minlaş xususida bevosita muloqotlar olib borayotgani ta’kidlangan. Keliş joylarida qardoş va döst mamlakatlar fuqarolariga kerakli kiriş vizalari berilişi muvofiqlaştirilmoqda.