“Bizning nuqtayi nazarimizga köra, buning iloji yöq”, — deya iqtibos keltiradi naşr 19—21-may kunlari Xirosimada bölib ötadigan G7 sammitiga tayyorgarlik bilan şuğullanuvçi rasmiyning sözlaridan.
Avvalroq Bloomberg agentligi AQŞ va Ukrainaning boşqa bir qança asosiy ittifoqçilari Rossiyaga eksportga deyarli töliq taqiq qöyiş masalasini körib çiqayotgani, may oyida Yaponiyada bölib ötadigan "katta yettilik" sammitida esa Yevroittifoq mamlakatlarini muhokamaga jalb etiş rejalaştirilayotgani haqida xabar bergan edi.
Bu amaldagi sanksiyalar rejimini butunlay özgartiradi. Agar hozirda Rossiyaga barça tovarlarni, sanksiyalanganlardan taşqari, yetkazib berişga ruxsat berilsa, yangi yondaşuv bilan, istisno qilingan tovarlar bundan mustasno, barça tovarlar taqiqlanadi.

















