Vladimir viloyatidagi «IK-2»da muddatini ötayotgan taniqli rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy unga qarşi terrorizm moddasi böyiça yangi jinoiy iş oçilganini aytdi. «Tergovçi menga terrorizm böyiça yangi iş qözğatilganini va bu borada harbiy sud hukm çiqarişini aytdi», — deya Navalniyning 26 aprel, çorşanba kuni sözlaridan iqtibos keltirgan Rossiya OAV.

Xabar qilinişiça, yangi iş Navalniyga qarşi 2022 yil oktyabrida oçilgan ekstremizm işidan alohida ajratib olingan. 26 aprel kuni Moskvaning Basmanniy sudi tergovning Navalniyning uşbu iş böyiça materiallar bilan tanişiş vaqtini çeklaş haqidagi iltimosnomasini körib çiqdi. Tergov qömitasi vakilining iltimosiga köra majlis yopiq eşiklar ortida ötkazilmoqda.

«Uşbu jarayonni yopişga uriniş mening iş materiallaridan foydalanişimni noqonuniy çeklaş va bu haqda heç kim bilmasligiga işonç hosil qilişga urinişdir», — dedi vide-oaloqa orqali majlisda iştirok etgan Aleksey Navalniy. 

Navalniy özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yana jazo kamerasiga joylaştirilganini, bu safar avvalgi jazo muddatini ötab bölgaç, darhol JIZOga olib ketilganini ma’lum qildi.