AQŞ Moliya vazirining moliyaviy jinoyatlar böyiça yordamçisi Elizabet Rozenberg sözlariga köra, Rossiyaga qöyilgan çeklovlarni çetlab ötişga yordam berayotgan Qozoğiston banklari va kompaniyalariga qarşi ikkilamçi sanksiyalar xavfi kuçaymoqda. U Ostonaga taşrifi çoğida şunday ogohlantiriş berdi. 

«Xavf Qozoğiston Respublikasiga nisbatan ham, Qozoğiston kompaniyalari va Qozoğiston banklariga nisbatan ham ortib bormoqda. Biz Rossiya sanksiyalardan ham, eksport nazoratidan ham çetlab ötiş uçun juda köp harakat qilayotganini va ular bu sa’y-harakatlarda juda muvaffaqiyatli bölganini jiddiy qabul qilişimiz kerak», dedi Rozenberg. 

Uning ta’kidlaşiça, AQŞ tomoni qozoğistonlik hamkasblari, hukumat va xususiy sektor vakillari bilan mavjud xavf-xatarlarni, «şuningdek, Rossiyaning sanksiyalardan qoçişdagi yordami bilan boğliq holda yuzaga kelişi mumkin bölgan oqibatlarni aniqlaş maqsadida muloqot olib bormoqda». 

Qozoğiston Ukraina bosqini tufayli Rossiyaga qarşi joriy etilgan sanksiyalarni qöllab-quvvatlamadi. Şu bilan birga, Ostona Rossiyaga sanksiyalardan qoçişga yordam bermasligini bir neça bor ta’kidlagan. 

28 fevral kuni Qozoğistonda Taşqi işlar vaziri Muxtor Tleuberdi va AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken örtasida muzokaralar bölib ötdi. Muzokaralar çoğida Tleuberdi respublikaning Rossiya iqtisodiyotiga qaramligini, şuningdek, Qozoğiston Rossiyadan heç qanday tahdid körmayotganini ta’kidlagan edi.