Forumning eng muhim voqeasi sifatida zamonaviy arxitektura yeçimlari asosida bunyod etilgan Yoşlar markazining foydalanişga topşirilişi böldi. 

“Yoşlar markazi” – zamonaviy körinişga ega bölib, har tomonlama qulaylikka ega, şinam, eng asosiysi Şirin şahri yoşlari orzusidagi markaz. Undan “Coworking”, “IT-park”, “Axborot resurs markazi”, “Madaniyat uyi”, “Book cafe” va Yoşlar agentligi binosi örin olgan. Bu esa yoşlarning ğoya va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, iste’dodlarini namoyon etişlari, bilim olişlari, erkin muloqot orqali özaro tajriba almaşişlari, öylantirayotgan u yoki bu masala böyiça muhokamalar ötkazişlari uçun yaxşi imkoniyat degani.

Tantanali oçiliş marosimi “Rahbar va yoşlar” uçraşuviga ulanib ketdi. Unda Sirdaryo viloyati hokimligi va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ mutasaddilari qatnaşdilar.

Tadbir yakunida forum qatnaşçilari iştirokida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yoşlar markazi” hududiga 200 tupdan ortiq mevali va manzaralari daraxt köçatlari ötqazildi.

Forum doirasida  “Sportni sev, sport bilan yaşa!” şiori ostida “Energetiklar marafoni” taşkil etildi.