Ma’lum qilinişiça, yaqin-yaqingaça iqtisodiyotning muhim tarmoqlari faqat davlat korxonalaridan iborat edi.
Islohotlar natijasida oldinlari “yopiq” bölgan tarmoqlarga xususiy investitsiyalar faol kirib kelmoqda. Avval 100 foiz davlat tarmoği hisoblangan aviatsiya sohasida xususiy sektorga keng yöl oçildi.
“Biz transport sohasida raqobat muhitini yaratişga qaratilgan islohotlarni davom ettiramiz. Bu yil Andijon, Namangan, Buxoro va Urganç aeroportlari boşqaruvini ham xususiy sektorga topşiramiz.
Temiryöl sohasida ham katta özgarişlarni boşlayapmiz va bunda investorlar faol iştirok etişlarini sörab qolaman”, - dedi prezident.
Şu bilan birga, tez ösib kelayotgan IT, turizm, ta’lim, tibbiyot kabi sohalarda Özbekiston mintaqaviy habga aylanib borayotgani ham bu yönalişdagi katta imkoniyat.
Bu yil davlat-xususiy şeriklikni joriy qiliş böyiça 14 milliard dollarlik alohida dasturlar xalqaro moliya institutlari kömagida işlab çiqildi. Bular davlat uçun muhim bölgan transport, kommunal va suv xöjaligi, soğliqni saqlaş kabi tarmoqlarni qamrab oladi.
















