25 aprel kuni erta tongda AQŞ prezidenti Jo Bayden ikkinçi prezidentlik muddatiga nomzodini qöyişini ma’lum qildi. Jo hozir 80 yoşda, uning reytingi juda pastligiça qolmoqda. Baydenning prezident sifatidagi dastlabki ikki yili turli muvaffaqiyatsizliklarga boy böldi. Şunga qaramay, Bayden bir neçta keng kölamli islohotlarni amalga oşirdi va ular kelgusi saylov kampaniyasining muhim qismi bölişi mumkin. «Meduza» naşri Baydenning birinçi prezidentlik muddatining oraliq natijalarini sarhisob qildi va uning qayta saylaniş ehtimoli qançalik yuqori ekanini örgandi.

Baydenning ikkinçi muddatga ham saylaniş uçun harakat qiliş qarori köpçilikni hayratda qoldirdi. Prezidentning özi ham, uning rafiqasi Jill ham bu haqda e’lon qiliş vaqt masalasi ekanini bir neça bor ta’kidlagandi. 25 aprel kuni ertalab e’lon qilingan videoda Bayden 2024 yilgi saylovlarda iştirok etişi aytilgan. Video «işni tugatib qöyiş» iborasi atrofiga qurilgan — Bayden sönggi oylarda bu iborani doimiy ravişda takrorlab kelmoqda (birgina fevral oyidagi Kongressga yillik murojaatida, u 13 marta bu gapni tilga oldi).

Amaldagi prezidetning ikkinçi muddatga nomzodini qöyişi ğayrioddiy hodisa emas: AQŞning 45 prezidentidan faqat olti nafari öz ixtiyori bilan qayta saylanişdan voz keçgan. Bu oxirgi marta 1968 yilda sodir bölgandi: Viyetnam uruşi tufayli maşhurligini yöqotgan Lindon Jonson partiya praymerizlarida ğalaba qozongan bölsa-da, ikkinçi muddatga öz nomzodini qöymaslikka qaror qilgan edi.

Şarhlovçilar Baydenning qayta saylaniş qaroriga faqatgina uning yoşi tufayli şubha bildirişmoqda: Jo hozir 80 yoşda, ikkinçi muddati oxiriga borib 86 yoşga töladi, bu AQŞdagi erkaklarning örtaça umr köriş yoşidan töqqiz yilga köproq. Şu bilan birga, prezident muntazam ravişda tibbiy körikdan ötib turadi. 2023 yil fevralida uning şaxsiy şifokori Bayden soğlomligi va prezident lavozimini egallaşga tayyorligini ma’lum qildi.

Nega Baydenning reytingi past?

Bayden boşqaruvini ma’qullaş reytingi 2021 yil kuzidan beri salbiy bölib qolmoqda. Bu Bayden ma’muriyati sönggi ikki yil içida boşdan keçirgan bir qator inqirozlar bilan boğliq.

Bayden Tramp tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirganidan ikki hafta ötib prezident lavozimiga kirişgandi. Tartibsizliklardan söng Adliya vazirligi mingdan ortiq odamga turli jinoiy ayblovlar qöydi. 607 nafar ayblanuvçining 58 foizi yetti kundan 10 yilgaça, örtaça ikki oydan qamoq jazosiga hukm qilindi.

Biroq tergov işlari hali ham davom etmoqda: hozir Adliya vazirligi Tramp va uning ma’muriyati vakillarining tartibsizliklardagi rolini örganmoqda. Avvalroq Vakillar palatasining öz tekşiruvini ötkazgan qömitasi ularga nisbatan ayblov qöyişni tavsiya qilgan edi. Baydenning özi bu tergovdan imkon qadar uzoqlaşdi. Boş prokuror Merrik Garland esa mustaqil maxsus prokuror Jyek Smitni, Kapitoliy işi bilan birga Trampning uyidagi maxfiy hujjatlarni saqlaş işini tergov qiliş uçun ham tayinladi.