Sönggi yillarda Özbekiston hukumati energetika sohasini yaxşilaş böyiça köplab töğri qadamlar taşlamoqda: qayta tiklanadigan energiya işlab çiqariş hajmini oşiriş (bu bilan qazib olinadigan yoqilğiga qaramlikni kamaytiriş, ekologik vaziyatni yaxşilaş mumkin), energetika tizimlarining samaradorligini oşiriş, energiya sarfini kamaytiriş, aholi örtasida energiyani tejaş madaniyatini rivojlantiriş, elektron hisoblagiçlarini örnatiş (elektron hisoblagiçlar energiya sarfini töğri ölçaş va tölovlarni qulay qiliş, korrupsiya va tovlamaçiliklardan xoli amalga oşiriş imkonini beradi) – şular jumlasidan.

GDR va GFR birlaşganda

Men Germaniyaning sobiq GDR hududida bir muddat yaşaganman. Bir paytlar bu yerda IES tizimi sobiq sovet tizimiga öxşaş edi, ikki Germaniya birlaşgandan keyin energiya tizimi noldan yangilandi. 2022 yilda Germaniyaning umumiy elektr energiyasi iste’moli 483,9 mlrd kVt·soatni taşkil etdi, bu – dunyodagi beşinçi körsatkiç. Özbekistonda esa umumiy elektr energiyasi iste’moli 65 mlrd kVt·soatni taşkil etgan (dunyodiga 61-körsatkiç), Germaniya Özbekistondan 7,4 baravar köproq elektr energiya iste’mol qilgan.

Germaniyada va Özbekistonda elektr iste’moli

Germaniya va Özbekistonda elektr energiyasi iste’moli taqsimoti bir-biridan farq qiladi. Germaniyada iste’molning eng katta uluşiga işlab çiqariş va sanoat (42%), şuningdek, uy xöjaliklari (27%) töğri keladi. Özbekistonda elektr energiyasi iste’molining eng katta uluşini işlab çiqariş (44%) va transport (27%) egallaydi.

2022 yil holatiga köra, Germaniya aholisi 84,3 millionga yaqin, Özbekistonda esa 36 milliondan oşib ketdi. Garçi, Özbekistonda aholi soni kamroq bölsa-da, Germaniyada aholi jon boşiga energiya iste’moli va tölovi Özbekistonga qaraganda sezilarli darajada yuqori. Germaniyada elektr energiyasi va iş haqi örtasidagi farq Özbekiston bilan soliştirganda sezilarsiz ekaniga bir qança omillar mavjud. Bu ikki davlatning iqtisodiy rivojlanişi, texnologik darajasi va infratuzilmasidagi farqlar bilan boğliq. Germaniyada örtaça iş haqi esa Özbekistonnikidan ança yuqori, bu esa qöşimça elektr xarajatlarini qoplaşi mumkin. Ammo ikki davlatdagi iqtisodiy vaziyatni töliq taqqoslaş uçun işsizlik, inflatsiya, ijtimoiy nafaqalar va boşqalar kabi boşqa omillarni ham hisobga oliş zarur.

Germaniyada maişiy iste’molçilar uçun elektr energiya narxi Özbekistonnikidan sezilarli darajada yuqori. Ötgan yili Germaniyada maişiy iste’molçilar uçun elektr energiyaning örtaça narxi 1 kV·soat uçun örtaça 0,35 yevroni, Özbekistonda bu esa örtaça 0,035 yevroni taşkil qilgan.