Maqsad hisob-fakturadan pul qilişmi?
— Monetizatsiya masalasini oladigan bölsak, hozirça sçet-faktura bepul deb aytib turişibdi. Çunki faktura tayyorlab beruvçi xizmatlar bir neça yil bepul faktura tayyorlab, odamlarni örgatib olganidan keyin hamma sçet-fakturalar elektron berila boşlangaç, pulli qilib qöyişdi. Xuddi şunday, tranzaksiyalar böyiça fakturalar bepul va soliqqa ham tortmaymiz deyişyapti. Özi sçet-faktura mahsulot va xizmatlarning realizatsiyasini tasdiqlovçi hujjat hisoblanadi. Ammo bu yerda heç qanday realizatsiya yöq – sçet-faktura berilişi mantiqqa töğri kelmaydi.
Bundan közlangan maqsad nima deydigan bölsak, men bundan 2ta narsani köryapman: monetizatsiya holati bölsa, hozirça bepul deyilayotgan sçet-fakturalar vaqt ötib, 10 söm, 20 söm, 100 söm, 200 söm tarzida har bir fakturaga narx belgilanadi. Bu nima degani? Agar kuniga 1 millionta tranzaksiya ötadigan bölsa, 200 sömdan, kuniga 200 million söm tuşum degani. Endi bir oylik tuşumni hisoblayvering. Bu şunçaki tranzaksiyaga ilinib olişning yöli.
Agar haqiqatan sçet-faktura sekin-sekin pulli qilinadigan bölsa, xarajat pul jönatuvçining zimmasiga yuklatiladi. Odatda, pul jönatuvçi tezroq pul yuborişdan manfaatdor.
“Şaxsga pul ötkaziş bloklanişi mumkin, xuddi QQS guvohnomasi kabi”
— Ikkinçi tomoni bor va bu juda ham xavfli – bu tomonni heç kim körmayapti. Bu – jismoniy şaxsdan jismoniy şaxsga ötkaziladigan pul mablağlariga blok qöyiş holati. Hozir sçet-faktura yubora oladi, ertaga falonçi jismoniy şaxsga faktura bermaydigan qilib qöyişadi. Agar men sizga pul ötkazmoqçi bölsam, soliq organi sizga ötkaziladigan pullar uçun sçet-fakturalarga blok qöyib qöyadi. Bu degani ertaga men sizga pul ötkaza olmayman.
Sizning kartangizga heç kim blok qöymaydi, lekin sizga sçet-faktura berişga blok qöyiladi. Buning natijasida yanada köproq elektron boşqaruvga ötişadi, yanada köproq odamlarning şaxsiy mablağiga aralaşişadi. Bu kelgusida yanada köproq korrupsiyaga olib keladi. Xohlagan odamiga blok qöyişadi.
Buni nima bilan soliştirsa böladi? Qöşimça qiymat soliği böyiça guvohnoma berilişida eng avvalo nima deyilgan edi? Soliq kodeksining özida ham QQS guvohnomasi beriladi va QQS tölovçilar hisobini Davlat soliq qömitasi yuritadi deyilgandi. Öşa payt biz ertaga guvohnoma bilan hammani qiynaysizlar desak, “yöq, bu faqat hisobini yuritiş uçun, bu yerda nazorat maqsadi yöq” deyişgandi. Lekin hozirgi kunda qaraydigan bölsangiz, xohlagan, yoqmagan tadbirkorning QQS guvohnomasini öçirib qöyişadi. Juda katta korrupsiyaga sabab bölyapti. Çunki xohlagan odamiga işlaşga ruxsat berişyapti, xohlamaganiga yöq. Soliq organlari sud qarorlarini mensimasdan, tadbirkorlarning QQS guvohnomasini bloklayapti.












