Moskvaning Basmanniy sudida ötkazilgan mahkamada Aleksey Navalniyga «ekstremizm» böyiça iş materiallari bilan tanişiş uçun 10 kun muhlat berildi. Jinoyat işi 196 jilddan iborat. Navalniyga ularni 5 maygaça örganib çiqiş buyurilgan.  

«Bu Aleksey işi böyiça katta sud yaqin orada boşlanadi, degan ma’noni anglatadi», deb yozdi Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmiş. Sud mahkamasi yopiq tarzda ötkazildi. Navalniyning sözlariga köra, bu işdan heç kim xabar topmasligiga işonç hosil qilişga urinişdir. 

Navalniyga nisbatan «ekstremistik jamiyatni taşkil etiş» (Rossiya Jinoyat kodeksining 282.1-moddasi) va «Ekstremistik faoliyatni moliyalaştiriş» (Rossiya Jinoyat kodeksining 282.3-moddasi) böyiça jinoiy iş qözğatilgan. 

Birinçi moddada 12 yilgaça, ikkinçisida 10 yilgaça qamoq jazosi nazarda tutilgan. 2022 yil oktabr oyida Navalniy uşbu işni izohlar ekan, Tergov qömitasi uni «jinoiy guruh rahbari» deb hisoblaşini, uşbu guruhda uning safdoşlari, jumladan Leonid Volkov va Ivan Jdanov ham borligini aytdi. Tergov qömitasi uşbu «jinoiy guruh» a’zolarini «terrorizm va ekstremizmga da’vat», «ekstremizmni moliyalaştiriş» va «natsizmni reabilitatsiya qiliş»da ayblamoqda. 

«Advokatlar uşbu moddalarning muddatini hisobga olgan holda, bu yerda jami 30 yil ekanini hisoblab çiqdi», dedi Navalniy. Hozirda u 2022 yil mart oyida «firibgarlik» va «sudga hurmatsizlik» ayblovlari bilan hukm qilingan 9 yillik qamoq jazosini ötamoqda. 

Navalniy işidan «terrorizm» işi alohida protsessga ajratilgan. Siyosatçi umrbod qamoq jazosiga mahkum etilişi mumkin. Bu haqda Navalniy 26 aprel kuni Basmanniy sudida videoaloqa orqali gapirdi.  

«Ular menga 30 yillik qamoq jazosi bilan tahdid qiladigan ekstremizm işi böyiça bema’ni ayblov qöyişdi. Tergovçi Roman Vidyukov keça bu işdan «terrorizm» alohida ajratib olinganini, men qamoqxonada ötirib, teraktlar sodir etganimni aytdi. Bu holatlar böyiça menga harbiy sud tomonidan alohida hukm çiqariladi. Birinçi iş böyiça meni 30 yil, keyingisi böyiça umrbod qamoq jazosi kutmoqda», dedi Navalniy. 

«Ekstremistik jamoa»ni yaratiş haqidagi işda «terrorizm» haqidagi epizod bor, dedi FBK direktori Ivan Jdanov. Uning tuşuntirişiça, bu «Populyarnaya politika» kanalida berilgan videolavhadagi epizod bölib, unda Leonid Volkov prezident Vladimir Putin «terrorçi sifatida sudlanişi kerak» degan. Jdanov Volkovga nisbatan «terrorizmga da’vat» moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgani haqidagi qarorning (unda 2022 yil 15 iyul sanasi körsatilgan) fotosuratini körsatdi. Hujjatda aytilişiça, Volkov 10 iyul kuni «Populyarnaya politika» kanalidagi videolavhada «Putinning öldirilişini qonuniylaştiriş mumkinmi» deb fikr yuritgan.