Özbekiston “Gazpromneft” bilan 2023 yilda 300 ming tonna neft yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligi boş boşqarma boşliği Adhamjon Ubaydullayev ma’lum qildi.

Gazeta.uz xabariga köra, Ubaydullayev bu haqda 25 aprel kuni, Özbekiston, Rossiya va MDHning boşqa mamlakatlarining 300 dan ortiq kompaniyalari iştirokida ötgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” uç kunlik körgazmasi vaqtida aytib ötgan.

Eslatib ötamiz, ötgan yili dekabrda Özbekiston Qozoğiston bilan 300 ming tonna qozoq neft mahsulotlarini yetkazib beriş va Qozoğiston hududi orqali Özbekistonga 300 ming tonna rus nefti tranziti masalasida kelişib olgandi.

Özbekiston va Qozoğiston, şuningdek, gaz omborlarini modernizatsiya qiliş va quriş hamda Özbekistonga energiya yetkaziş uçun Qozoğistonda kömirda işlovçi IES quriş böyiça ham kelişuvga erişgan.