Prezident Şavkat Mirziyoyev II Toşkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi yakunida forum iştirokçilariga murojaat qildi.

“Işonçim komil, bölib ötayotgan muloqotlar orqali Yangi Özbekistondagi biznes uçun beqiyos imkoniyatlarni kaşf qilasizlar. Yangi-yangi hamkorlar topasizlar, deb işonaman.

Sizlar özingiz istagan tinçlik va barqarorlik, qulay investitsiya muhiti hamda zarur kafolatlarni aynan bizning yurtimizda topasiz. Men buni alohida aytmoqçiman. Qanday hamkorlik topsalaringiz ham, qanday rejalar qilsalaringiz ham, men bunga prezident sifatida kafolat beraman.

Yangi Özbekiston sizning biznes faoliyatingizda alohida yorqin iz qoldiradigan makon bölib xizmat qiladi, deb işonaman”, – dedi davlat rahbari.