Ukrainaga bostirib kirişi sababli Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari uçun katta biznesga aylandi. Çunki ular vositaçilik orqali Rossiyaga tovarlarni qayta sotib, pul işlab olişga urinmoqda.
Litva taşqi işlar vaziri Gabrielius Landsbergis sözlariga köra, rossiyaliklarni alkogol, haşamatli tovarlar va boşqa Ğarb tovarlari bilan ta’minlaydigan yangi ta’minot zanjirlari Yevropaning Moskvani jazolaş harakatlariga putur yetkazadi va ular tösib qöyilişi kerak. Bu haqda Politico xabar berdi.
«Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini çetlab ötiş nafaqat uzoqni közlamasdan qilingan qaror, balki ittifoqimizning asosiy tamoyillariga putur yetkazadi», dedi Landsbergis. Şu bilan birga u Kavkaz va Markaziy Osiyodagi ba’zi davlatlar Rossiya bilan bilvosita savdo markazlari sifatida jadal rivojlanayotganini ta’kidladi.
Trade Data Monitor platformasidagi bojxona yozuvlari Ukraina uruşi boşlanganidan beri Gruziya bilan Rossiya savdo aylanmasi deyarli 22 foizga ösganini körsatgan. Rossiyaga spirtli içimliklar eksporti esa 120 foizga oşgan.
Qozoğistonning Rossiyaga eksporti xuddi şu davrda keskin ösib, dollar körsatkiçida taxminan 57 foizga ösgan.
Jahon banki ma’lumotlariga köra, Rossiya bilan yaqin savdo aloqalarini saqlab turgan Armaniston yalpi içki mahsuloti ötgan yili kutilmaganda 11 foizga ösgan. Rossiyaga eksport esa ötgan yilga nisbatan beş baravar, Rossiyadan pul ötkazmalari esa yetti barobar oşgan. Mamlakat budjeti profitsit bilan çiqqan. Armaniston valutasi dram ham dunyodagi eng yaxşilardan biriga aylangan.
«Uçinçi mamlakatlar orqali yangi savdo oqimlari paydo böldi, bu yerda Rossiyaga eksport ösganini, şuningdek, Ğarbdan import oşganini köriş mumkin», dedi Germaniya xalqaro va xavfsizlik instituti katta ilmiy xodimi Yanis Klyuge.
Uning sözlariga köra, parallel deb atalmiş import tovarlarining aksariyati Rossiya bilan yaqin aloqada bölgan mamlakatlardan yetkazib berilgan. Vaholanki, ularni işlab çiqaruvçilar Rossiyaga bu tovarlarni sotişni istamasligini aytgan.
«Bu köp milliard dollarlik biznes ösib bormoqda va Rossiya qöşnilarining eksporti oşişiga hissa qöşmoqda», dedi Kluge.
Moskvadagi restoranlardan birining egasi anonimlik şarti bilan aytişiça, «Pivo xorijdan töğridan-töğri kelyapti, Qozoğistondan spirtli içimliklar, Gruziyadan Coca-Cola yetkazilyapti».

















