Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Turkiyaning «Oqquyu» atom elektr stansiyasi 1-sonli energiya blokiga Rossiyada işlab çiqarilgan yadro yoqilğisini yetkaziş marosimida iştirok etdi. Translatsiya Turkiyaning TRT telekanali va Kremlning Telegram kanali orqali namoyiş etildi. Har ikki yetakçi videoaloqa orqali iştirok etdi.
Putin Turkiyada iqtisodiyotning yangi yuqori texnologiyali yadro sektori yaratilayotganini qayd etdi. Unga köra, AES qurilişida 20 mingdan ortiq işçi iştirok etmoqda. Stansiya töliq loyihaviy quvvatga erişgandan söng Turkiya energiya iste’molining 10 foizini ta’minlay oladi.
Marosim oldidan Putin va Erdöğan örtasida telefon orqali muloqot bölib ötdi. Uçraşuvda mamlakatlar örtasidagi munosabatlar va mintaqaviy masalalar, Rossiyaning Ukrainadagi uruşi va ğalla şartnomasi ham muhokama qilindi. Ikki davlat rahbarlari özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş va biznes şeriklikni çuqurlaştirişga kelişib oldilar.
25 aprel kuni keçqurun Turkiyada bölib ötadigan prezidentlik sayloviga bağişlangan jonli telekörsatuvda Erdöğanning mazasi qoçib qolgan edi. Şundan söng körsatuv 20 daqiqaga töxtatildi. Erdöğan efirga qaytdi va «oşqozon grippi» bilan xastalanganini aytib, uzr söradi.
Erdöğan soğliği bilan boğliq muammo tufayli Turkiyaning bir qança şaharlariga safarini bekor qildi. Norasmiy manbalardan uning yurak xurujiga uçragani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo Turkiya prezidenti ma’muriyati qoşidagi dezinformatsiyaga qarşi kuraş markazi buni rad qildi.
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Öqtoy davlat rahbari «yengil şamollaganini» aytdi. Turkiya soğliqni saqlaş vaziri Fahriddin Qöja 27 aprel kuni Erdöğanning soğliği joyida va u tez orada öz vazifasiga qaytişini ma’lum qildi.
Oqquyu - Turkiyadagi birinçi atom elektr stansiyasi. Bu Rossiya bilan qöşma loyiha bölib, 2018 yildan beri amalga oşirilmoqda. Stansiyaning barça agregatlarini 2028 yilgaça işga tuşiriş rejalaştirilgan.

















