Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV tarkibida sport kurashlari bo‘yicha maktab faoliyati tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar vazirligi sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi qaroriga asosan Milliy gvardiya Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi Ichki ishlar vazirligi tarkibiga berilgan va sport maktabi Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasi, «Dinamo» stadionida joylashtirilgan.
Ichki ishlar vazirligining Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi xodimlarining cheklangan umumiy soni 115 nafar (shu jumladan 60 nafar sportchi shtati)dan iborat bo‘lib, uning tarkibiy tuzilmasi Ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Sport maktabida o‘quvchi-sportchilarning kontingenti, ularning vazn toifalarini hisobga olgan holda, 60 nafardan iborat etib belgilanadi hamda ta’lim olish muddati o‘quvchi-sportchi O‘zbekiston terma jamoasining asosiy (yoki zaxira) tarkibida bo‘lgan davr mobaynida davom etadi.
Sportchi lavozimiga sport maktabi o‘quvchi-sportchilarining kontingenti orasidan qabul qilinadi. Sport maktabiga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish umumiy kontingentdan kelib chiqqan holda yil davomida amalga oshirib boriladi. Sport maktabida o‘quv-mashq jarayonining davomiyligi va davriyligi sport musobaqalari taqvimi va o‘quvchi-sportchilarning har bir guruhi uchun yakka tartibda sport tayyorgarligi davrlari hisobga olingan holda sport maktabi rahbariyati tomonidan belgilanadi.
Sport maktabi o‘quvchi-sportchilarni to‘rt mahal ovqatlanishini ta’minlash uchun Ichki ishlar vazirligi «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Respublika kengashi huzuridagi turg‘un ovqatlanish shoxobchasini belgilangan tartibda ijara olgan ijaraga oluvchi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzadi. Sport maktabi o‘quvchi-sportchilarini to‘rt mahal ovqatlanishini ta’minlash xarajatlarining har kunlik normasi amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizlarda, lekin Ichki ishlar vazirligi «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Respublika kengashi huzuridagi turg‘un ovqatlanish shoxobchasining qo‘shimcha xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda 30 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026