“2019 yilda Qozoğistonda ham fiskalizatsiya qiliş, P2P ötkazmalarini nazorat qiliş masalasi kötarildi. Qozog‘ictonda bu juda katta negativ olib keldi. Savdogarlarning özi kartadan tölov qabul qilsa ham, çek berayotganini aytib çiqdi. Katta şovqin kelib çiqqanidan keyin, yil oxirigaça Moliya vazirligi bu fikridan qaytdi va bekor qilindi.
Moliya vaziri örinbosari hisob-kitob natijalariga tayanib, naqdsiz tölovlarning 10 foizga oşişi real YaIMning 1 foizga oşişiga olib kelişini aytdi. Naqdsiz tölov bölsin, P2P-ötkazma bölsin, naqdsiz tölovlar raqamli izini qoldirib ketadi va YaIM ösişiga hissa qöşadi", – deydi Şuhrat Qurbonov Kun.uz'ga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlaşiça, Soliq qömitasi kartadan kartaga ötkazmalarni nazorat qilişdan oladigan foydasi buning ma’murçiligi xarajatlarini ham qoplamaydi.
“Qozoğistonda ham ayni şuning uçun bu yöldan qaytildi. Lekin negadir biz ham şu xatoni takrorlayapmiz. Savdo uçun bölgan P2P ötkazmalarini zarur paytda aniqlaş va çora köriş mumkin, lekin naqd pulda izi qolmaydi, imkonsiz bölib qoladi. Ya’ni yaşirin iqtisodiyotning aylanmasini aniqlaş mumkin P2P ötkazmalarida.
Hozirda kutilişi mumkin bölgan eng yomon narsa – naqd pulga qaytiş. Aholi nazorat qörquvi bilan naqdga ötib ketiş ehtimoli katta”, – deydi iqtisodçi.
Eslatib ötamiz, 1 maydan kuçga kiradigan tartib – barça P2P ötkazmalar (komissiya haqi 0 söm bölsa ham) böyiça hisob-faktura rasmiylaştirilişi böyiça e’tirozlarga Soliq qömitasi şu paytga qadar javob bermay kelyapti. Qömita rasmiylari Kun.uz'ning şu mavzudagi körsatuvda iştirok etiş taklifini rad etgan.
















