XVJ: Rossiya iqtisodiyoti g‘arb sanksiyalariga kutilganidan ko‘ra chidamliroq bo‘lib chiqdi
Rossiya iqtisodiyoti G‘arb sanksiyalariga kutilganidan ko‘ra chidamliroq bo‘lib chiqdi. O‘tgan yilning ikkinchi choragidagi pasayishdan so‘ng, Rossiya uchinchi va to‘rtinchi choraklarda tiklanishga muvaffaq bo‘ldi.
Rossiya iqtisodiyoti RFning Ukrainaga bostirib kirishi sababli G‘arb tomonidan kiritilgan sanksiyalarga kutilganidan ko‘ra chidamliroq ekanligini isbotladi. Bunday xulosaga Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) ekspertlari 28 aprel, juma kuni chop etilgan Yevropadagi iqtisodiy vaziyat haqidagi hisobotida kelishdi.
XVJ materiallaridan ma’lum bo‘lishicha, Rossiya iqtisodiyoti 2022 yilning ikkinchi choragidagi keskin pasayishdan so‘ng uchinchi va to‘rtinchi choraklarda tiklanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan yil davomida Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarishning pasayishi 2,1 foizga kamaydi va joriy yilda YaIMning o‘sishi 0,7 foiz darajasida kutilmoqda.
XVJ savdo ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi va mustahkam neft eksporti o‘tgan yili neft va gazdan rekord daromadga olib kelganini hamda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidlaydi. “Rossiyaning tovar eksportini cheklovlar o‘rnatgan mamlakatlardan buni amalga oshirmagan mamlakatlarga yo‘naltirish imkoniyati mustaqil ravishda olingan va norasmiy ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi”, — dedi jamg‘arma ekspertlari.
Hisobotda ta’kidlanishicha, sanksiyalarning Rossiya neft mahsulotlariga ta’sirini baholashga hali erta. Ayni paytda neft yetkazib berishda keskin qisqarishlar kuzatilmagan, Rossiya yonilg‘isiga chegirma esa oshirilgan.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024