Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida 29 aprel kuni yölovçi avtobusida yonğin sodir böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, soat 13:54 da Rakat mahallasi Muqimiy köçasida 2-yönalişda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobusda yonğin sodir bölgani töğrisida tuman FV bölimiga xabar kelib tuşgan.

Şunga köra 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 14:01 da yetib borib, yonğin soat 14:08 da öçirilgan. Yonğin oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq.