1 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Yunusobod tumanida harakatlanayotgan yangi «garmoşka» avtobuslardan ikkitasining tom qismi ajralib tuşgani» haqida xabar berilgandi.
«Toşşahartransxizmat» AJ matbuot xizmati xabariga köra, voqealardan biri 1 may kuni soat 9:00 da King Long rusumli 24-sonli «Yunusobod-6» – «TTZ AŞB» yönalişida harakatlanuvçi avtobus bilan sodir bölgan.
«Yunusobod tumanida joylaşgan «Billur» töyxonasining röparasida avtobuslar uçun ajratilgan alohida yölakda harakatlanib ketayotgan vaqtda, yölning qatnov qismiga şakl bölib ösgan, diametri, taxminan, 50-60 sm bölgan daraxt avtobusning tom qismida joylaşgan gaz ballonni himoyalab turuvçi qoplamasiga tegişi natijasida mazkur himoya qoplamasini qöporib yuborgan. Hodisa natijasida avtobusning tom qismi texnik şikastlanib, gaz ballonni himoyalab turuvçi qoplama şikastlangan», – deyiladi rasmiy izohda.
Ta’kidlanişiça, holat sabab tan jarohati olganlar yöq va bu böyiça Toşkent şahar obodonlaştiriş boş boşqarmasiga murojaat qilinib, kamçiliklar bartaraf etilayotgani ma’lum qilingan.
Yuqoridagiga öxşaş holat tumandagi 93-yönalişdagi «garmoşka» bilan ham sodir bölgani hamda bitta yengil avtomobil zarar körgani aytilgan video böyiça «Toşşahartransxizmat» hozirça ma’lumot taqdim etmadi.
















