«Fulhem»ni safarda mağlub etgan «Mançester Siti» özidan kutilgan işni bajardi. «Şaharliklar» hozirda juda yaxşi formada va amalda sovrini qöşqöllab topşirga «Arsenal» kabi xatolarga yöl qöymoqçi emas. Natija qaysidir ma’noda zerikarli bölib körinişi mumkin, lekin öyin startidayoq penaltidan gol urgan Holand bilan navbatdagi tarixiy voqea röy berdi.
Norvegiyalik futbolçi barça turnirlar doirasida urgan gollari sonini 50 taga yetkazdi va unga buning uçun 44 öyin yetarli bölgan. Bunaqasi Angliya futbolida 92 yildan buyon kuzatilmayotgandi. 1930/31 yillar mavsumida «Aston Villa» hujumçisi Tom Uoring şunça gol urgan. Bundan taşqari, Holand bir mavsumdagi aniq zarbalar böyiça APL rekordini takrorladi. Qolgan turlarda u bitta gol uriş orqali ham 34 tadan golga ega bölgan Endi Koul va Alan Şirerga tegişli bölgan rekordni qulatişi mumkin.
Mançester Yunayted — Aston Villa 1:0
Gol: Fernandeş (39).
Mançester Yunayted – De Xea, Dalot, Şou, Lindelyof, Malasiya, Fernandeş, Eriksen (Fred, 76), Zabitser, Kazemiro, Reşford (Marsiyal, 86), Sanço (Antoni, 76).
Aston Villa – Martines, Yang (Çembers, 64), Mingz, Konsa, Moreno (Din, 75), Makginn, Dendonker (Traore, 64), Buendia (Duran, 76), Luis, Remzi, Uotkins.
Ogohlantirişlar: Fred (87), Malasiya (90+5).
«MYu» a’lo formada bölgan va fevral oyidan buyon yutqazmagan «Aston Villa»ga qarşi jonli öyin namoyiş etdi. Öyinning birinçi bölimidagi asosiy duel Reşford va Emiliano Martinesning qarama-qarşiligi böldi. Argentinalik darvozabon qator vaziyatlarda jamoasini qutqardi, ammo u «qizil iblislar» merganining navbatdagi xavfli zarbasini qaytarganida töpga birinçi bölib Brunu Fernandeş yetib keldi. Portugaliyalik futbolçi Yevropa ligalaridagi 100-golini özi uçun sevimli bölgan raqib darvozasiga kiritdi - bu uning birminghemliklarga urgan yettinçi goli edi.
Mavzuga oid
Statistika nuqtayi nazaridan Unai Emerida ğalaba uçun imkoniyat yöq edi. «Old Trafford» magiyasi şundayki, APLga asos solinganidan buyon mezbonlar tanaffusgaça ustunlikni qölga kiritgan öyinlarida heç qaçon yutqazmagan (+289=23). Mezbonlar bu öyinda nafaqat mehmonlarning ön öyindan iborat mağlubiyatsiz seriyasiga çek qöydi, balki murabbiy almaşganidan buyon jamoa 23-öyinga kelib ilk bor öyinni golsiz tark etişga majbur böldi. Bunga ikkinçi bölimda Lindelyof tösqinlik qildi, u darvoza çiziği ustida turib boşi bilan töpni qaytarib yubordi.
«Nyukasl» öyinida turning asosiy sensatsiyasi röy berişi mumkin edi, jamoa turnir jadvalining sönggi poğonasida joylaşgan «Sauthempton»ga qarşi öyinning birinçi bölimi oxirida gol ötkazib yubordi. Lekin Eddi Hauda bunday vaziyatlar uçun yutuqli retsept mavjud. Buning uçun Uilsonni maydonga çiqariş yetarli va murabbiy tanaffusdan keyin şunday ham qildi. Bu forvard — aprelning eng yorqin öyinçisi va uning dubli (yana bir goli VAR aralaşuvidan keyin ofsayd tufayli bekor qilindi) va Uolkottning avtogoli «qarğalar»ga uçinçi örinni saqlab qolişga imkon berdi. Uilson yakunlangan oyda sakkiz gol urişga ulgurdi. Bu uzoq yillar Şirer egalik qilgan klub rekordining yangilanişi böldi, u aprel oyida Holanddan ikkita köp gol urgan. Qolaversa, Erling hamişa startda, Uilson esa bu oyda faqat ikki öyinni ilk daqiqalardan boşlagan.
«Tottenhem» «MYu» bilan öyinda ikki töp farqini yöqqa çiqarib (2:2), yana oldingi holatiga qaytayotgandek köringandi. Ammo bir neça kun ötib «şporlar» xuddi «Suğur kuni» filmidagi holatga tuşib qoldi. Faqat detallar turliça. «Nyukasl» londonliklar darvozasini 9-daqiqaga keliboq uç bor işğol etib bölişgandi. «Liverpul» uçun 15 daqiqa talab etildi. Uzoq vaqt davolangan va 9 oktyabrdan buyon startda maydonga tuşmagan Diasni qaytariş uçun ideal variant.
Saloh 11 metrlik jarima zarbasini aniq ijro etganidan söng barça bir savolni bera boşladi: Yurgen Klopp jamoasi «Nyukasl»ning natijasini (6:1) takrorlay oladimi? Keynning goli ham bu fikrni özgartira olmasdi, ammo «Tottenhem» «MYu»ga qarşi öyinda bölgani kabi tanaffusdan keyin butkul boşqaça bölib qaytdi. Öyin oxirlariga borib Son Hyong Min oradagi farqni minimumgaça qisqartirdi, keyin esa aql bovar qilmas voqealar röy berdi. Antonio Konte davrida zaxira örindiğiga mixlangan Rişarlison nihoyat çempionatning joriy mavsumidagi ilk golini urdi.
Paradoks: bu turnirda uşbu braziliyalik golni nişonlaş uçun futbolkasini yeçganida olgan sariq kartoçkalari soni hisoblangan gollari sonidan köp (2 ga qarşi 1). Uning golidan keyin «Enfild» şokka tuşib qoldi. Ammo «Liverpul» futbolçilari mavsumni qanday ötkazayotgan bölmasin ğalaba uçun kuç topa olişdi. Raqibning uçinçi golidan 99 soniya ötib barçasi yana 180 darajaga özgardi. Lekin barçasi silliq keçmadi.
Dioga Jotaga gol urgan vaziyatida savollar yöq, lekin mehmonlar fikriça, portugaliyalik hujumçi bir neça daqiqa oldin maydondan çetlatilişi kerak edi. Nima bölganda ham bu endi ahamiyatga ega emas. Klopp yana bir bor gol seziş qobiliyatini namoyiş etib, zaxiradan tuşirgan futbolçilari 90-daqiqadan keyin ğalaba golini urişi böyiça Joze Mourino bilan tenglaşib oldi (6 tadan). Turnir jadvalida esa «Liverpul» taslim etilgan raqibidan beşinçi örinni tortib oldi.
«Inter» nafaqat öz muxlislarini, şu bilan bir vaqtda butun Neapolni ham xuşnud etişi mumkin edi. Agar «neradzurrilar» muvaffaqiyatsizlikka uçrasa, Italiya janubidagi bayram yana ortga surilardi va 77-daqiqaça bunday ssenariy muqarrardek körinayotgandi. Ammo öyin oxirida milanliklar öyinda buriliş yasadi, bunda Simone Indzagi tomonidan amalga oşirilgan almaştirişlar asosiy rolni bajardi.
Korrea örniga tuşirilgan Lautaro Martines dublini nişonladi. Argentinalik futbolçi qora-köklarning sönggi 55 yillikdagi qatorasiga uç mavsumda kamida 15 tadan gol urgan uçinçi futbolçisiga (Kristin Veri va Mauro Ikardidan keyin) aylandi.
Zaxiradan tuşgan Gozens ham a’lo öyin namoyiş etdi. Germaniyalik futbolçi Lukaku bilan birgalikda birinçi javob goli urilgan hujumda muhim işni bajardi, keyin esa qiyin vaziyatdan ikkinçi golni urdi. Şu bilan birga, xavfli sakraşi tufayli jarohat olib, maydonni tark etişga majbur böldi. Uning qurbonligi natija keltirdi: «Inter» şanba kungi triller ijroçilari «Milan» va «Roma»ni ortda qoldirib, törtinçi öringa kötarildi.
Neapoldagi çempionlik bayrami esa kamtargina «Salernitana» tufayli sensatsion tarzda bekor qilindi. Odatdagi kabi, mas’uliyat yuqoriligi «Napoli»ga xalaqit berdi. Mezbonlar birinçi bölimda raqib darvozasiga yöl topa olişmadi, ammo ikkinçi bölim boşida Olivera Raspadorining burçakdan uzatgan töpni darvoza töriga yöllaganida, janubliklar yelkasidagi ortiqça yukdan xalos bölgandek köringandi. Ijtimoiy tarmoqlar skudetto uçun ortga sanoq boşlangani haqida yangiliklar bilan töldi. Bayramni kutiş jarayonida neapolitanliklar nafaqat A seriyaning eng yaxşi jamoasi ekani, balki top-5 ligalarda boş bilan urilgan gollar soni böyiça ham (17) yetakçi bölganini qayd etişdi. Ammo Dia ajoyib zarbasi bilan hisobni tenglaştirib qöydi. Qolaversa, uşbu forvard qanotdan jarima maydoniga yorib kirişdan oldin raqibning mavsumdagi eng yaxşi futbolçisi Osimhenning oyoqlari orasidan töpni olib ötdi. Endi keyingi turni kutişga töğri keladi, 4 may kuni «Napoli» «Udineze» maydoniga safar qiladi.
Paradoks: sanksiyalarga duçor bölgan «Yuventus» tom ma’noda qöşimça motivatsiyaga ega bölgan va ajoyib ğalabali seriyani amalga oşirgandi. Klubga 17 oçkosini qaytarişganida esa, «byankonerilar»ga qöşimça mas’uliyat yuklangandek böldi. Jamoaga oldin osonroq bölgan bölişi mumkin, çunki heç qanday bosim yöq edi, ötgan yillardagi xato uçun berilgan jazo esa futbolçilarni ğazab otiga mindirgandi. Nima bölmasin, Bolonyaga «Keksa sinora» uç mağlubiyatdan iborat seriya bilan taşrif buyurdi va «Inter», «Milan» hamda «Roma» klublarini öziga yaqinlaştirib qöydi.
Yakşanba kuni esa turinliklar öyin boşidayoq penaltidan gol ötkazib yuborişdi va unga javob faqat ikkinçi bölimda qaytarildi, birinçi bölimda penaltidan gol ura olmagan Milik aybini yuvdi. Lekin şundan keyin darvozalarga boşqa gol urilmadi. Bir tomondan, «Yuve»ning omadi kelmadi, Soule böş burçakka töpni yönaltira olmadi.
Öz navbatida raqib safida Poş va Fergyuson ham yuz foizlik imkoniyatlardan foydalana olmadi. Şunday ekan, durang — mantiqiy natija böldi. Massimiliano Allegri jamoasi bundan ortiğiga öynamadi. Agar sudlardagi ğalabadan keyin «Yuventus» özi Çempionlar ligasi yöllanmasini boy berib qöyadigan bölsa, bu jamoa uçun haqiqiy omadsizlik böladi.
«Atletiko» birinçi bölimda la liganing sönggi oylardagi eng yorqin jamoasi maqomini tasdiqladi. «Matrasçilar» kuçli öyin namoyiş etişdi va «Valyadolid» himoyasini his qilişmadi. Natijada Morata tanaffusgaça top-5 ligalarda JÇ-2022 dan keyingi davrdagi eng sermahsul ispaniyalikka aylanib oldi (9 gol), unga assistentlik qilgan Grizmann esa golli uzatmalari sonini 12 taga yetkazdi. Oxirgi bor bunday muddatda bunday samaradorlik Messi tomonidan qayd etilgandi.
Şunga köra, ikkinçi bölimda mehmonlar darvozasiga belgilangan penalti şunçaki bir tuşunmovçilikdek köringandi. Ammo bu epizod öyinda buriliş yasadi va ligada qoliş uçun kuraşayotgan mezbonlar öyini jonlanib ketdi. Ular avvaliga hisobni qisqartirişdi, yana bir gol ofsayd tufayli hisobga olinmadi, Serxio Leonning zarbasi esa ustun va tösin birlaşgan nuqtaga bordi. Qöşimçasiga töp «Atletiko» futbolçisining qöliga tegişi bilan boğliq bahsli vaziyat yuzaga keldi. Lekin VAR hakamlari bu vaziyatda töp futbolçining qölini topgan deb topişdi va iş penaltigaça bormadi. Şunday ekan, Diyego Simeone faqat öyin oxiridagi goldan keyin yengil tin oldi. Uning jamoasi — bahorda oçko jamğariş böyiça eng yaxşisi (25) va «Real»ga juda yaqin bormoqda.
Nemislardagi azaliy mavzu — barça «Bavariya»ning gegemonligidan bezgani haqida. Bunda Dortmund, Leypsig va boşqa şaharlardagi eng yaxşi futbolçilarni sotib olib, raqiblari tarkibini kuçsizlantiriş bilan şuğullanib keladigan myunxenliklarning özini ham ayblaşadi. Bu, şubhasiz, muammo, ammo heç kim gegemondagi inqirozli vaziyatdan foydalana olmasligi baribir normal holat emas. Boşqa jamoalarda ruhiyat bilan boğliq muammolar borligi va çempionlik mentaliteti yöqligi körinib olmoqda.
Gap öz özidan Dortmundning «Borussiya» klubi haqida ketmoqda, finişga qadar beş tur qolganida bu jamoa birinçi öringa çiqib olgandi, ammo yangi maqomga kötarilganidan keyingi ilk öyindayoq bundesligani tark etişga da’vogar bölib turgan «Bohum» bilan öyinda muvaffaqiyatsizlikka uçraldi (1:1). «Asalarilar» bu mavsumda zerikarli öyin körsatayotgan va içki mojarolar girdobida qolgan, rahbariyat tuşunarsiz tarzda mavsum örtasida Yulian Nagelsmanni iste’foga çiqarib yuborgan «Bavariya»ga tom ma’noda sovrinni topşirib yubormoqda. Tomas Tuxel esa hozirça öz öyinini qura olgani yöq.
Natijada hatto yaqinda Sandro Şvarsni işdan böşatgan «Herta»ga qarşi öyinda ham jamoa muxlislari hayajon içida ötirişiga töğri keldi. Berlinliklar darvozaboni Kristensenni ajoyib öyini uçun maqtaş mumkin, ammo «Bavariya» futbolçilariga gol urişga asabiylik ham xalaqit berdi. Mane bir metr masofadan turib töpni darvoza töriga joylay olmaganini yana qanday izohlaş mumkin? Natijada faqat Kimmihning paslari çempionni yana şohsupaga qaytara oldi. Ulardan birinçisi ayniqsa diqqatga sazovor. Gnabrining yakunlovçi zarbasi ham.
Fransiya: Parijda yana fiasko
PSJ — Loryan 1:3
Gollar: Mbappe (29) — Le Fe (15), Yongva (39), Deng (88).
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Ramos, Markinos, Bernat (Mendeş, 56), Soler (Fabian Ruis, 46), Vitinya (Ekitik, 65), Danilu Pereyra (Zair-Emeri, 79), Verratti, Messi, Mbappe.
Loryan – Mvogo, Kalulu (Katlin, 65), Le Goff, Talbi, Meite, Yongva, Aberjyel, Innosent (Kari, 59), Fevr, Le Fe (Ponko, 90), Kone (Deng, 64).
Ogohlantirişlar: Hakimi (5), Innosent (32), Markinos (51), Le Fe (53), Verratti (73), Deng (77).
Çetlatiş: Hakimi (20).
Mavsumning birinçi mavsumida şov-şuv kötargan «Loryan» hozirga kelib yana örtamiyona darajaga qaytgan. Şu tufayli jamoaning «Park de Prens»dagi birinçi goli tasodif sifatida qabul qilindi. Lekin şundan keyin Hakimi ikki bor sariq kartoçka olib, «PSJ»ni qiyin holatda qoldirdi. Mbappening darvozabonning sovğasidan foydalanib, hisobni tezlaştirişi amalda voqealar rivojiga ta’sir körsata olmadi.
«Loryan» bölim oxiriga borib yana hisobda oldinga çiqib oldi, şundan keyin parijliklar mehmon himoyaçilarining devorini buzib ötişga besamar urindi. Himoyaçilardan ötilganda esa darvozabon Mvogo ularning yölini tösib çiqdi. Öyin oxirida parijliklar yana raqib hujumlarini ötkazib yuborişdi.
Gollardan birinçisi hisobga olinmagan bölsa-da, bir neça daqiqa ötib yana darvoza töri işğol etildi. Şunday qilib, «PSJ» sönggi 11 yil içida ilk bor öz uyida uçta gol ötkazgan holda mağlub böldi. Şunday yomon natija ham jamoaga sovrinni öziniki qilişga xalaqit bermaydi, ammo yakşanba kungi va boşqa muvaffaqiyatsizliklar tarixga kiradi. Körinib turibdiki, yozda Kristof Galte jamoasini — yoki boşqa murabbiy boşqaruvidagi jamoani — qayta quriş kutmoqda.
Kun statistikasi
Liga 1’da qoliş uçun nazariy imkoniyatlarni ham yöqotgan 1-jamoa «Anjye» böldi. Çempionatni bu qadar erta — finişga beş tur qolganida tark etiş töqqiz yildan buyon heç bir klub bilan kuzatilmagandi.
PSV qatorasiga 2-bor Niderlandiya Kubogini qölga kiritdi. Eyndhovenliklarda bunday seriya sönggi bor ötgan asrda kuzatilgan, öşanda ular qatorasiga uç mavsumda (1988-1990) sovrinni öziniki qilişgandi.
«Marsel» Fransiya çempionatining 5 öyinida birinçi bölib gol ötkazganiga qaramay, ğolib çiqdi.