Janubiy Afrika Respublikasi hukumati RF prezidenti Vladimir Putinni BRIKS taşkilotining bölajak sammitiga kelmaslikka çaqirdi. Bu haqda mahalliy The Sunday Times naşri xabar bermoqda.

Naşr manbalariga köra, JAR rasmiylari Kremlni Putin sammitda videoaloqa orqali iştirok etişiga köndirişga urinmoqda. Agar RF prezidenti JARga şaxsan taşrif buyursa, mamlakat hukumati Xalqaro jinoiy sud tomonidan Putinni hibsga oliş uçun berilgan order talablarini bajarişiga töğri keladi.

«Bizda Putinni hibsga olmaslikdan boşqa variant qolmaydi. Agar u kelsa, biz uni hibsga olişimiz kerak böladi», — degan naşr manbasi.

Aprel oyi oxirida The Sunday Times naşri JAR prezidenti Siril Ramafosa Putin baribir mamlakatga keladigan taqdirda mahalliy rasmiylar qanday harakatlanişi lozimligi böyiça variantlarni örganiş uçun maxsus hukumat qömitasi tuzgani haqida yozgandi.

  • BRIKS sammiti (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, JAR) avgust oyida JARda ötkazilişi belgilangan.
  • 25 aprel kuni JAR prezidenti Siril Ramafosa «Xalqaro jinoyat sudining ayrim mamlakatlarga adolatsiz munosabati» tufayli uning mamlakati XJS yurisdiksiyasidan çiqişga qaror qilgani haqida aytgandi. 27 aprel kuni esa JAR prezidenti saytida mamlakat XJS yurisdiksiyasidan çiqmasligi, prezidentning oldingi bayonoti «xatolik bilan berilgan izoh» bölgani ma’lum qilindi.