Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari Bahrom A’loyev Eron hamda Koreya Respublikasi elçilari Hamid Nayrabodiy va Kim Xi Sang bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Muzokaralar çoğida tomonlarning siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik, madaniy-gumanitar almaşinuvlarni yanada rivojlantirişga tayyorligi tasdiqlandi.

Ikki tomonlama va köp tomonlama şakllardagi bölajak qöşma tadbirlar jadvali hamda taşkiliy jihatlari körib çiqildi.