1 may kuni tarmoqlarda Toşkent şahrining Yunusobod tumanida King Long rusumli 18 metrli avtobusning tomidagi qopqoği tuşib ketgani aks etgan video tarqaldi.
Xabarlarga köra, 24-yönalişda yuradigan “garmoşka”larning biri köça böylab harakatlanayotganda daraxt şoxiga borib urilgan, oqibatda avtobusning tom qismi ajralib, gazballonlarni yopib turgan blokning korpusi osilib qolgan.
26 aprel kuni xuddi şu tumanda yuqoridagiga öxşaş holat 93-yönalişdagi “garmoşka” bilan sodir bölgani aytilmoqda. Unda ham avtobusning tom qismi ajralib, yerda yotganini köriş mumkin. Videoda bitta yengil avtomobil zarar körgani aks etgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan Transport vazirligi, vazirlikning Toşkent şahar boş boşqarmasi va “Toşşahartransxizmat” AJning rasmiy sahifalarida izoh berilmagan.
Kun.uz muxbiri bu böyiça “Toşşahartransxizmat”AJ matbuot xizmati bilan ham boğlanişga urindi, ammo aloqaga çiqişning iloji bölmadi.
Eslatib ötamiz, 26 mart kuni poytaxtga Xitoyda işlab çiqarilgan Yutong hamda King Long rusumli avtobuslar olib kelingandi. 8 aprel kuni elektrobuslardan taşqari, tabiiy gazda işlaydigan öta katta siğimli “garmoşka”larning ham taqdimoti ötkazilgandi.
Unda transport vaziri Ilhom Mahkamov ham qatnaşib, Xitoyning King Long va Yutong brendlaridan sotib olinayotgan 12 metrli 300 ta elektrobus, 12 metrli 500 ta tabiiy gazda yuradigan avtobus va 18 metrli 200 ta tabiiy gazda yuradigan avtobus – jami mingta transport vositasining umumiy narxi – 210 mln dollar ekanini aytgandi.
















