Aprel oyi örtalarida Xitoy mudofaa vaziri Li Şangfu Moskvaga taşrifi çoğida Vladimir Putin «butun jahonda tinçlikni ta’minlaş va rivojlaniş uçun muhim hissa qöşayotgani»ni qayd etib, uni «misli körilmagan davlat yetakçisi» deb atadi.

XXR mudofaa vaziri Li Şangfu Moskvada. Foto: 1tv.ru

Şangfu Rossiyaga XXR raisi Si Jinping bilan birga kelgan edi. Muzokara çoğida Si va Putin bir-birini «aziz döstim» deb ataşgan. Negaligi tuşunarli: Ukrainadagi uruş tufayli ğarb saknsiyalari joriy qilingaç, Xitoy RF bilan munosabatlarni saqlab turgan kam sonli yirik davlatlardan biri bölib qolmoqda.

OAV ma’lumotlariga köra, Si Jinping Kuril orollarining tegişliligi böyiça öz pozitsiyasini ham özgartirgan: avval Xitoy bu masalada Yaponiyani qöllab kelgan bölsa, endi neytralligini namoyiş qilmoqda; Xitoy kompaniyalari 2022 yil yozidan buyon Rossiyaga qurol-yaroğ yetkazayotgani gumon qilinadi; 2022 yil yakunlariga köra ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasi qariyb 30 foizga oşgan.

Putin va Si Jinping muzokaralar «iliq va döstona muhitda» ötganini xabar qilişdi. Yozuvçi German Sadulayev taşrif yakunlariga köra Rossiya Xitoyning vassaliga aylanganini e’lon qildi