Rossiyalik şaxmatçi Yan Nepomnyaşçiy şaxmat böyiça jahon çempioni unvoni uçun bahsda xitoylik raqibi Ding Lijenga yutqazdi.

Nepomnyaşçiy va Lijen örtasidagi bahs 9 apreldan buyon davom etayotgandi. Uning asosiy qismi 14 partiyadan iborat böldi va 7:7 hisobida yakunlandi, şundan keyin 30 aprel kuni tay-breyk öynaldi.

Tezkor şaxmat böyiça tört partiya öynalgan tay-breykda dastlabki uç bahsda durang qayd etildi, törtinçisida esa oq donalarda öynagan Nepomnyaşçiy 68 yurişdan keyin taslim böldi.

Ding Lijen tarixdagi 17-jahon çempioni — va Xitoydan bölgan ilk çempion böldi.

2022 yilda da’vogarlar turnirida ğolib çiqqan Nepomnyaşçiy amaldagi jahon çempioni Magnus Karlsenga qarşi öynaşi közda tutilgandi. Ammo 2013  yildan buyon unvonni özida saqlab kelgan norvegiyalik şaxmatçi bu unvonni himoya qilişdan voz keçib, buni «iştiyoq yöqligi» bilan izohladi. Şundan keyin Nepomnyaşçiyga da’vogarlar turnirida ikkinçi bölgan Ding raqiblik qiladigan böldi.