Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan pedagoglar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi
Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishini kafolatlash maqsadida, sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etish taklif etilmoqda.
Pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilishni taqiqlash, ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktirish nazarda tutilyapti.
Davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tishi, pedagog xodimning kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta’minlanishi ham aks etmoqda.
Muhokamalar davomida deputatlar partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqib qonun loyihasini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar berishdi. Uning bugungi kundagi zaruratini hisobga olib, bir ovozdan ma’qulladilar.
Mavzuga oid
10:15 / 15.06.2026
Rossiya chet el fuqarolari uchun tibbiy ko‘rik qoidalarini kuchaytirdi
10:04 / 14.05.2026
O‘qituvchi tayyorlash sifati davlat nazoratiga olinadi
13:19 / 20.04.2026
Zo‘ravon pedagoglarga cheklov: ular 1 yil ta’lim tizimiga ishga kirolmaydigan bo‘ladi
10:40 / 18.03.2026