Özgartirişlar “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasini joriy etiş bilan boğliq. Mazkur platforma dastlab Toşkentdagi bank filiallarida tajriba sifati, söngra respublikaning barça hududlarida joriy qilinadi.

Elektron maydonni taşkil etiş maqsadi – tijorat banklariga pul mablağlarini boşqarişda köproq erkinlik beriş.

Bunda tijorat banklarining bölinmalari özlarining ortiqça naqd pullarini taklif etişi, naqd pulga talabi bölgan boşqa bölinmalar esa uşbu pul mablağlarini jalb qiliş töğrisida kelişib olişlari mumkin.

Öz navbatida, naqd pullarga bölgan talablari platforma orqali qanoatlantirilmagan bank bölinmalari Markaziy bank tomonidan naqd pullar bilan ta’minlanadi.