Qarorga asosan, “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni referendumda umumxalq ovoz beriş orqali qabul qilingan deb tan olindi.

Qonun mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kun – 1 maydan e’tiboran kuçga kirgan deb hisoblanadi.

MSK qarori bilan, referendum natijalari quyidagiça bölgani tasdiqlandi:

  • referendumda ovoz beruvçi fuqarolar röyxatiga kiritilgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy soni – 19 722 809 nafar;
  • ovoz beriş byulletenlarini olgan fuqarolarning soni – 16 667 097 nafar;
  • ovoz berişda iştirok etgan fuqarolarning soni – 16 667 097 nafar yoki ovoz beruvçi fuqarolar röyxatiga kiritilgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy sonidan 84,51 foiz;
  • referendumga qöyilgan masala böyiça yoqlab “Ha” deb berilgan ovozlar soni – 15 034 608 yoki ovoz berişda iştirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi;
  • referendumga qöyilgan masalaga qarşi “Yöq” deb berilgan ovozlar soni – 1 558 817 yoki ovoz berişda iştirok etgan fuqarolarning 9,35 foizi;
  • haqiqiy emas deb topilgan ovoz beriş byulletenlarining soni – 73 672 ta.

Komissiya öz qarorini ijroga qaratiş uçun Oliy Majlis palatalari va prezidentga yuboradi.