Hududning katta qismida oyning birinchi yarmida o‘rtacha kunduzgi harorat +24...+27 darajani, ikkinchi yarmida esa +28...+31 darajani tashkil etadi. May oyida yoz faslidagi kabi harorat +35...+37 darajagacha bo‘lgan issiq kunlar ham kuzatiladi. Meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun may oyining mutlaq maksimumi +39...+41 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +43...+45 darajani tashkil etadi.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, ushbu yilda may quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi.

1 may kuni havo harorati +30...+33 daraja atrofida bo‘ladi. So‘ngra, hafta davomida havo harorati biroz pasayadi va kunduzi +23...+28 darajani tashkil etadi, o‘n kunlikning eng oxirida esa harorat yana ko‘tarila boshlaydi. Keyinchalik may oyining oxirigacha harorat kechalari +10...+13 darajadan +17...+20 darajagacha, kunduz kunlari +22...+25 darajadan +32...+35 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

1 maydan 10 maygacha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 4 may kuni shimoli-g‘arbiy hududlarda, 6-7 may kunlari respublikaning qolgan hududlarida asosan jadalligi biroz bo‘lgan momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin. Umuman olganda, may oyida yog‘ingarchilik me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.