Toşkent Kimyo xalqaro universitetida aprel oyi muhandislar oyi hisoblanadi. Universitet mutasaddilari taşabbusi bilan uşbu oyda “Muhandis - D” loyihasining körgazmasi bölib ötadi. An’anaviy tarzda taşkil qilinib kelinayotgan uşbu körgazmada talabalar yil davomida işlagan loyihalari bilan birga öz qobiliyatlari va ijodkorliklarini namoyiş etiş imkoniyatiga ega bölişadi.

E’tiborli jihati, talabalar yangi texnologiyalar, maşinalar va tizimlarni loyihalaşda ekologik muammolar va jamiyatning oğriqli masalalariga yeçim berişga intilişgan. Masalan, “Led bike vest” qurilmasining asosiy maqsadi velosipedda ketayotgan inson ortidan harakatlanayotgan obektga özining harakatini oldindan ma’lum qiliş va şu orqali yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş bölgan. Yana bir loyiha maqsadi “Wire insulation machine” uşbu qurilma yordamida ijtimoiy hayotimizda yoki sanoatda turli xil oçiq simlarni izolyatsiya qiliş jarayonini töliq avtomatlaştirib insonlar yumuşini yengillaştiriş bölgan.

“Pelton turbine” nomli loyiha esa toğ va toğoldi hududlarda yaşovçi aholini mö’tadil elektr energiya bilan ta’minlaş uçun qulay bölgan mikro GES hisoblanadi. Suv miqdori kam bölgan ammo baland toğ yonbağridan oqib keladigan daryo va çaşmalar uçun aynan Peltin turbinasi juda mos keladi. Bu turdagi turbinalarning foydali iş koeffitsiyenti 85% gaça yetadi va qurilma kattaligiga qarab çiqaradigan elektr quvvati 2kW dan 2MW gaça yetadi. Bu texnologiya dunyoga ma’lum bölganligi uçun umumiy tannarxi qolgan energiya manbalariga nisbatan arzonroq hisoblanadi. Quyidagi qurilma ilmiy maqsadda qilingan bölib talabalarga dars davomida turbinalarning işlaş mexanizmini yoritib beriş uçun yasalgan.

Körgazma yakunida hakamlar loyihalarni bir neçta mezonlar asosida baholaşdi. Şuningdek, 1-, 2-, 3-örin sohiblariga universitet ma’muriyati tomonidan sertifikat va pul mukofotlari topşirildi.

Universitetning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Web-page: