10 yillik uruş yakuni: NATO tomonidan Yugoslaviyaning bombardimon qilinişi notöğri bölganmi?
|19:27 / 03.05.202327 82318 min
1999 yilda NATO samolyotlari Yugoslaviyani bombardimon qiladi. Bundan maqsad Bolqon yarimorolida zöravonlik qilayotgan serblarni tiyib qöyiş edi. Bombardimon oqibatida Yugoslaviya tarkibida bölgan Serbiyaning köplab harbiy obektlari, davlat taşkilotlarining binolari vayron böladi. Şundan söng serblar Kosovodan öz harbiylarini çiqarib oladi va mintaqada uzoq kutilgan tinçlik örnatiladi.
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
1990-yillar boşida Yevrosiyoda ikkita yirik ittifoq parçalanib ketdi. Ulardan biri, uzoq vaqt mobaynida dunyoning ikkinçi qutbi sifatida AQŞga raqobat qilgan SSSR bölsa, ikkinçisi Bolqon yarim orolida joylaşgan Yugoslaviya sotsialistik federativ respublikasi edi.
Öşa paytda ayrim hududlardagi kiçik töqnaşuvlarni aytmaganda SSSR nisbatan tinç parçalandi. Biroq Yugoslaviyaning parçalanişi qariyb 10 yil davom etgan etnik uruşlarga sabab böldi.
SSSRda bölgani kabi Yugoslaviya tarkibidagi ittifoqdoş respublikalar ham 1991 yilda öz mustaqilligini e’lon qila boşlaydi. Bu iş Yugoslaviyada asosiy hukmdor bölgan Serbiya respublikasi va mamlakatni boşqarayotgan serb rahbarlarga ma’qul kelmaydi. Ular öz qöl ostidagi hududlarni yöqotişni istamasdi.
Şundan söng rasmiy Belgrad mustaqillik e’lon qilgan respublikalarning tanobini tortib qöyiş uçun harbiy harakatlarni boşlaydi.
Şu tariqa keng miqyosda qurolli mojarolar boşlanadi. Garçi davlat parçalanib ketgan bölsa-da, özini hanuz Yugoslaviya deb ataşda davom etayotgan Serbiya harbiylari bir vaqtning özida Bosniya, Xorvatiya va Sloveniyaga bostirib kiradi.
Köp ötmay qurolli mojarolarga Serbiya tarkibida bölgan, asosan musulmon albanlar yaşaydigan Kosovo aholisi ham qöşiladi. Şu tariqa serblar bir neçta frontda uruş olib borib, etnik tozalaşlar ötkazadi va köplab odamlarni qirib yuboradi.
Harbiy töqnaşuvlar qariyb 10 yil davom etadi. Oxir-oqibat 1999 yil bahorda BMTning tegişli rezolyutsiyasi bilan NATO samolyotlari Yugoslaviyani bombardimon qiladi. Şundan söng holdan toygan serblar tinçlik bitimini imzolaşga majbur böladi.
Yugoslaviya ittifoqining tarixi
Birinçi jahon uruşigaça Yugoslaviya degan davlat bölmagan. Bolqon yarim orolida joylaşgan Bosniya Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida, Serbiya va Xorvatiya alohida davlatlar bölişgan. Öşa uruşda serblar Antanta tomonida turib uruşadi.
Uruşda Germaniya yengilgaç uning ittifoqçisi Avstriya-Vengriya parçalanib ketadi. Şundan söng Serbiya qirolligi öz atrofidagi Xorvatiya, Bosniya, Sloveniya va Çergoriya hududlarini öziga böysundiradi. Ikkinçi jahon uruşigaça vaziyat şunday bölib keladi. Uruş paytida xorvatlar bir muddat mustaqil qirollik bölişadi. Biroq ularning mustaqilligi uzoqqa bormaydi.
Mavzuga oid
Uruş tugagaç serb kommunistlari sovet armiyasi yordamida Yugoslaviya tarkibidagi hududlarni mustaqil bölişiga yöl qöyişmaydi. Oltita ittifoqdoş respublika – Serbiya, Xorvatiya, Bosniya, Çernogoriya, Makedoniya va Sloveniya yagona Yugoslaviya sotsialistik federativ respublikasiga aylantiriladi.
Garçi bu davlat ham rasmiy ravişda SSSRdagiday «teng huquqli respublikalar»dan iborat bölsa ham amalda boşqa xalqlarda heç qanday huquq bölmagan.
Mamlakatdagi boşqaruv rasmiy ravişda federatsiya körinişida bölsa ham, SSSRda ruslar hukmron millat bölganday, Yugoslaviyada serblar hukmron edi. Ittifoqdoş respublikalar inon-ixtiyori poytaxt Belgrad izmida böladi. 1980-yillar oxirigaça Yugoslaviya aholisi şu taxlitda yaşaydi.
Sobiq Yugoslaviyaning ma’muriy hududlari körsatilgan xarita
1990 yilda SSSR tarkibidagi respublikalarida mustaqillik uçun boşlagan harakatlarning aks-sadosi Yugoslaviyaga ham yetib boradi. Bu davlat tarkibidagi ittifoqdoş respublikalarda ham mustaqillik harakatlari boşlanadi.
Ana şunday vaziyatda avvaliga 1991 yil 25 iyunda Sloveniya va Xorvatiya, 8 sentabr kuni Makedoniya, 1992 yil 28 fevralda Bosniya öz mustaqilligini e’lon qiladi.
Yugoslaviya ittifoqi tarkibida Serbiya va Çernogoriya qoladi. Serlar qöl ostidagi yirik davlatning parçalinişiga va ittifoqdoş respublikalarning mustaqil bölib ketişiga aslo rozi emasdi.
Ular özboşimça respublikalarni qurol kuçi bilan tiyib qöyişga kirişadi. Oqibatda sobiq Yugoslaviya respublikalari öz mustaqilligini qon tökib, jon berib himoya qilişga majbur böladi.
Qurolli nizolar boşlanişi
Öşa paytda sobiq ittifoqdoş respublikalar aholisining ma’lum qismini ham serblar taşkil etar. Ular Yugoslaviyaning parçalanişiga qarşi edi.
Serbiya ana şundan ham foydalanadi va boşqa respublikalar tarkibida yaşab kelgan serblarni qurollantiradi. Şuningdek, Yugoslaviya tarkibidagi respublikalar aholisining bir qismi musulmonlar, yana bir qismi nasroniylikning katolik mazhabiga e’tiqod qilardi. Ular mustaqillikni yoqlab çiqqandi.
Nasroniylikning pravoslav mazhabiga e’tiqod qilgan serblar mustaqil bölgan respublikalarni öziga böysundirişni xohlar ekan, ular musulmonlarga va katoliklarga qarşi qurol kötarib çiqişadi.
Şu tariqa ittifoqdoş respublikalarning mustaqillik e’lon qilişi ortidan boşlangan uruş etnik va diniy tus oladi. Eng kuçli töqnaşuvlar va etnik tozalaşlar Bosniyada sodir böladi.
Bosniyada ommaviy qatliom qilinganlarning dafn marosimi
1991 yil ma’lumotlariga köra, bu yerda aholining 31,2 foizi musulmon bosniyaliklar, 17,4 foizi serb-pravoslavlar, 17,4 foizi xorvatlar (ularning bir qismi musulmonlar qolgani katoliklar), qolgani esa çernogoriyaliklar, albanlar, slovenlar, lölilar bölişgan.
1992 yilda Bosniya öz mustaqilligini e’lon qiladi va BMTga qabul qilinadi. Şundan söng bu davlat tarkibida yaşayotgan nasroniy serblar Bosniyada Serb respublikasi tuzilganini e’lon qiladi. Ular ayrim hududlarni özlariniki deb da’vo qilişadi va u yerlardan katolik xorvatlarni va musulmon serblarni quvib çiqara boşlaşadi.
Musulmonlar Bosniya mustaqilligini, Serb respublikasini tuzganlar esa Yugoslaviya tarkibida qolişni yoqlab çiqişadi. Ikki örtada qurolli mojaro kelib çiqqaç, rasmiy Belgrad Serb respublikasi armiyasiga harbiy yordam bera boşlaydi. Musulmonlar esa himoyasiz qolib ketişadi va qatliom qilinadi.
Bosniyalik ayol serblar tomonidan qatliom qilinganlar kömilgan qabristonda
Jumladan, 1992 yil boşida Srebrenitsa şahri va uning atrofidagi hududlar Ratko Mladiç boşçiligidagi Serb respublikasi armiyasi tomonidan bosib olinadi va köplab qatliomlar ötkaziladi.
Ana şu qatliomlarda Srebrenitsa şahri va uning atrofida yaşovçi 10 mingga yaqin musulmon öldiriladi va buldozer yordamida kömib yuboriladi.
Srebrenitsadagi oğir vaziyatni xalqaro taşkilotlar, şu jumladan BMT diqqat bilan kuzatib turardi. 1993 yil 6 may kuni BMT Xavfsizlik Kengaşi 824-sonli rezolyutsiyani qabul qiladi. Unga köra, şaharça qurollardan xoli hudud deb e’lon qilinadi BMT tinçlikparvar kuçlari joylaştiriladi.
Biroq serblar rezolyutsiyani tan olmaydi va uning şartlarini bajarmaydi. Şuningdek, Srebrenitsaga joylaştirilgan BMT tinçlikparvar kuçlari köz öngida musulmonlarni qatliom qilişda davom etadi.
Srebrenitsadagi xunrezlik Yevropada Ikkinçi jahon uruşidan buyon kuzatilgan ilk yirik ommaviy qotillik bölgandi.
Bundan taşqari, serblar Xorvatiyaga bostirib kiradi va bu yerda ham tinç aholi vakillarini qirğin qiladi.
1995 yilda xalqaro hamjamiyatning bosimi bilan Yugoslaviya Xorvatiya va Bosniya bilan tinçlik sulhi imzolaydi.
Tinçlik kelişuvi imzolanişi böyiça konferensiya AQŞning Ohayo ştatidagi Deyton şahrida ötkaziladi. Konferensiyada Yugoslaviya prezidenti Slobadan Miloşeviç (keyinçalik etnik qirğinlarda ayblanib Haagada sud qilingan) Bosniya prezidenti Ali Izzatbegoviç va Xorvatiya prezidenti Frano Tujman bilan tinçlik sulhi imzolaydi.
Yugoslaviya prezidenti Slobadan Miloşeviç, Bosniya prezidenti Ali Izzatbegoviç va Xorvatiya prezidenti Frano Tujman Deytonda tinçlik sulhi imzolanişi jarayoni.
Şundan söng Yugoslaviya Xorvatiya va Bosniyadan qöşinlarini olib çiqib ketişga rozi böladi. Biroq keyinçalik serblar bu kelişuvni bir neça marta buzişadi va kiçik töqnaşuvlar sodir böladi.
Kosovodagi vaziyat
Kosovodagi vaziyat Bosniyadagidan biroz farq qilardi. Bu ölka Ikkinçi jahon uruşigaça Albaniya qirolligi tarkibida edi. Uruşdan söng uni Yugoslaviya kuç bilan öz tarkibiga qöşib oladi.
Öşa paytda Kosovo aholisining asosiy qismi musulmon albanlar, ozroq qismi serblardan iborat edi. Serblar ölkaning asosan Serbiya bilan çegarasi tomonda yaşaşardi.
1980-yillar oxirigaça Kosovo albanlari ölkani Yugoslaviya tarkibidan ozod qiliş böyiça bir neça marta norozilik namoyişlari ötkazişadi. Biroq harakatlar natijasiz tugaydi.
1988 yilda Serbiya rahbarligiga Slobadan Miloşeviç keladi. Bu odam radikal millatçilik qaraşlari bilan maşhur edi. Şundan söng Kosovo albanlari yana boş kötarişadi.
1989 yilda Serbiyada referendum ötkaziladi va uning natijasiga köra, muxtoriyat huquqiga ega bölgan hududlar milliy ölkalar deb qayta nomlanadi. Şu jumladan Kosovo ham. Kosovoliklar bu referendumni boykot qilişadi va uning natijalarini tan olişmaydi.
1991 yil 22 sentabr kuni Kosovo öz mustaqilligini e’lon qiladi. Ibrohim Rugova uning birinçi prezidenti etib saylanadi. Albaniya darhol Kosovoning mustaqilligini tan oladi.
Şundan söng Serbiya Kosovoga ham öz harbiylarini kiritadi va alban partizanlari bilan serb harbiylari örtasida qurolli mojarolar boşlanadi.
Öşa paytda kuçlar teng emasdi. Şu sababli serb harbiylari Kosovoning asosiy qismini bosib olişadi va Bosniyada bölgani kabi bu yerda ham etnik tozalaşlar ötkazişadi.
1996 yilga kelib Kosovo rahbariyati turli partizan otryadlarini yagona armiyaga birlaştiradi va Kosovoni ozod qiliş armiyasi tuzilganini e’lon qiladi.
Öşanda serblar Kosovodagi köplab islomiy madaniyatga tegişli bino va inşootlarini vayron qilişadi. Jumladan, bu yerdagi 600 ta masjiddan qariyb yarmi, yana 65 ta kutubxona vayron qilinadi va qariyb bir million dona turli tarixiy kitoblar yoqib yuboriladi.
Serblarning Kosovodagi harbiy harakatlari davomida qariyb 15 ming musulmon alban öldirilgani ma’lum qilingan. Biroq kosovoliklar öldirilganlar va bedarak yöqolganlar soni bundan bir neça barobar köpligini aytişadi.
Serb harbiylarning zöravonliklari avj pallasiga çiqqqandan söng Ğarb davlatlari sobiq Yugoslaviyadagi uruşga yakun yasaş böyiça birdamlik körsatişadi. Ikki oy ötib NATO aviatsiyasi BMT Xavfsizlik kengaşi ruxsati bilan Bosniya va Kosovodagi serb harbiylari pozitsiyalariga zarbalar bera boşlaydi.
Yugoslaviya ittifoqi respublikasining bombardimon qilinişi
1999 yil 24 mart kuni NATO boş kotibi Xaver Solana taşkilotning Yevropadagi qömondoni AQŞlik Uesli Klarkka Yugoslaviyaga aviazarbalar berişga buyruq beradi.
Öşa kuni tunda NATO samolyotlari Yugoslaviya poytaxti Belgrad, şuningdek serb harbiylari joylaşgan Priştina, Ujitse, Novi-Sad, Kraguyevats, Pançevo, Podgoritsa va boşqa hududlardagi harbiy va strategik obektlarga zarba bera boşlaydi.
NATO harbiylariga Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Ruminiya va Makedoniya harbiylari yordam berişadi. 25 mart kuni Adriatika dengizida turgan Gonsales kreyseridan «Tomagavk» raketalari bilan Yugoslaviyadagi eng yirik harbiy-strategik obektlar joylaşgan Nişe şahriga zarba yöllanadi.
28 mart kuni AQŞ prezidenti Bil Klinton NATOdagi ittifoqçilar bilan maslahatlaşib aviaudarlar sonini oşirişga ruxsat beradi.
3 aprel kuni Belgradda joylaşgan Yugoslaviya içki işlar vazirligi binosiga, 6 aprel kuni Priştinadagi aerodromga zarba beriladi.
Şu tariqa NATO samolyotlari iyun oyi boşlarigaça Yugoslaviyaning köplab harbiy va strategik obektlarini vayron qiladi. 3 iyun kuni Yugoslaviya prezidenti Miloşeviç kapitulyatsiya e’lon qiladi va serblar qarşilik körsatişni töxtatişadi.
10 iyun kuni BMTda Kosovoga xalqaro missiyani kiritiş böyiça rezolyutsiya qabul qilinadi. 11 iyun kuni Kosovo ma’muriy markazi Priştina şahriga NATO harbiylari kiradi. 20 iyun kuni Yugoslaviya armiyasi Kosovoni taşlab çiqadi. Şu tariqa Kosovoda serblarning xunrezliklariga barham beriladi.
Şundan söng Kosovodan qoçib çiqqan alban qoçoqlari öz uylariga qayta boşlaşadi. 1999 yil dekabrgaça qariyb bir million Kosovo albanlari uyiga qaytadi.
Bombardimon natijasida...
NATO bombardimoni tufayli Yugoslaviya ittifoqi respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati juda yomonlaşadi.
Eng köp aviazarbalar Priştina (374 ta), Prizren (232 ta), Belgrad (212 ta), Uroşavets (205 ta), Jakovitsu (190 ta), Kralevo hamda Ujitse (145 tadan) va Novi-Sad şaharlariga (114 ta) beriladi.
Kosovo NATO harbiylari boşçiligidagi xalqaro kuçlar boşqaruviga ötadi.
Keyinçalik 2008 yilda Kosovo öz mustaqilligini e’lon qiladi va uning hududiga AQŞ harbiy bazasi joylaştiriladi.
Kosovo bayroği. Bayroqning örtasida mamlakat xaritasi joylaşgan.
Uç oylik bombardimonlar vaqtida NATO hisob-kitoblariga köra, Yugoslaviya 5 ming nafardan oşiq harbiy va yana köplab politsiyaçidan ayriladi.
Bundan taşqari, 120 ta tank, 220 ta zirhli maşina, 450 ta artilleriya qurilmalari yöq qilinadi.
Bombardimondan söng
Yugoslaviya NATO tomonidan bombardimon qilingaç serblar mağlubiyatga uçraydi va sulhga rozi böladi.
1999 yil 3 iyun kuni Yugoslaviya prezidenti Miloşeviç mağlubiyat haqidagi hujjatni imzolagaç ordan bir hafta ötib, 9 iyun kuni Yugoslaviya armiyasi va NATO örtasida sulh kelişuvi imzolanadi.
Kelişuvga köra:
Yugoslaviya armiyasi Kosovodagi harbiy harakatlarni zudlik bilan töxtatadi;
11 kun içida Yugoslaviya armiyasi Kosovodan olib çiqib ketiladi;
NATO Yugoslaviyani bombardimon qilişni töxtatadi;
Yugoslaviya va Kosovo çegarasida eni beş kilometr bölgan xavfsizlik yölakçasi taşkil etiladi;
Kosovoga BMT ning tinçlikparvar kuçlarini joylaştiriş;
10 iyun kuni Yugoslaviya Kosovodan öz harbiylarini olib çiqa boşlaydi. Eng sönggi harbiylar – zirhli tank brigadasi 18 iyun kuni çiqib ketadi.
Şundan söng Kosovo BMT tinçlikparvar kuçlari nazoratiga ötadi va ölkada uzoq kutilgan tinçlik örnatiladi.
Bugun Rossiyadagi juda köplab OAV, siyosatçilar va boşqalar 1999 yilda NATO Yugoslaviyani nohaq bombardimon qilgan deb bilişadi.
Ularga köra bombardimon vaqtida odamlar halok bölgan, aholi manzillari vayron bölgan. Biroq ular serblar tomonidan sodir etilgan qatliomlar haqida lom-lim deyişmaydi.
Rossiya TIV mulozimi Mariya Zaxarova öz davlatining Ukrainadagi bosqinini oqlaş uçun NATOning Yugoslaviyani bombardimon qilganini tez-tez eslab turadi.
Rossiyaliklardan farqli ravişda boşqalar agar öşanda NATO Yugoslaviyani bombardimon qilmasa Bolqondagi qurolli mojarolar va qatliomlar töxtamas edi deb hisoblaydi.
Çunki sobiq Yugoslaviya hududida qurolli mojarolar boşlangan ötgan asrning 90-yillari örtalarida bu yerga BMT tinçlikparvar kuçlari kiritilgan. Biroq ular qurolli mojarolarni na töxtata olişdi, na tinçlik örnatişdi.
Masalan, Srebrenitsadagi qatliomlar BMT tinçlikparvar kuçlari nazorati ostidagi hududda sodir bölgan. Bu şaharni serblar egallagaç uning yaqiniga Niderlandiya harbiylaridan iborat BMT tinçlikparvar kuçlari joylaştiriladi. Öşanda haddidan oşgan serblar bosniyalik musulmon aholini niderlandiyalik harbiylar köz öngida qatliom qiladi.
Şu sababli keyinçalik 2017 yilda Haaga xalqaro sudi BMT tinçlikparvar kuçlari tarkibida bölgan niderlandiyalik harbiylarni 1995 yilda Srebrenitsada röy bergan qirğin vaqtida qatliom qilingan 7 800 bosniyalik musulmonning ölimiga javobgar deb topadi.
1999 yilda NATO bombardimoni Bolqon yarim orolida qariyb ön yildan buyon davom etib kelayotgan qurolli mojarolarga çek qöyadi. Serblar öz qöşinlarini olib çiqişadi. Hududga uzoq kutilgan tinçlik örnatiladi.
NATO bombardimoniga bu yil 24 yil böladi. Öşa işdan keyin qariyb 10 yil davomida vayronaga aylangan va iqtisodiyoti izdan çiqqan sobiq Yugoslaviya respublikalari juda katta taraqqiyotga erişdi.
Masalan, aholisi bor-yöği 3,5 million kişidan ziyod bölgan Bosniyaning yalpi içki mahsulot (YaIM) hajmi sönggi yillarda 20 milliard dollardan oşmoqda. Aholisi 4 million atrofida bölgan Xorvatiya YaIM hajmi esa 70 mlrd dollardan oşgan.
Bosniya poytaxti Sarayevo şahri manzarasi
Bu körsatkiç Sloveniyada (aholisi 2 mln) 60 mlrd, Çernogoriyada (aholisi 600 ming) 5,5 mlrd, Makedoniyada (aholisi 2 mln) 13 mlrd dollardan oşiqroqni taşkil etadi.
Bugun aksariyat siyosiy tahlilçilar NATO Yugoslaviyani bombardimon qilmaganda Bolqon yarim orolidagi qurolli mojarolar uzoq yillarga çözilişi mumkinligini ta’kidlaşadi.
Ularga köra NATO bombardimoni serblarning zöravonligini töxtatgan va sobiq Yugoslaviya respublikalarida tinçlik örnatilişida muhim rol öynagan.
Yugoslaviya ittifoqining batamom parçalanib ketişi
1990-yillar boşida Yugoslaviya tarkibida bölgan Xorvatiya, Bosniya, Sloveniya va Makedoniya öz mustaqilligini e’lon qilgan, yana bir ittifoqdoş respublika Çernogoriya esa uning tarkibida qolgan edi.
Garçi törtta ittifoqdoş respublika mustaqillik e’lon qilgan bölsa ham Çernogoriya serblar qöl ostida qolgani uçun Yugoslaviya öz nomini saqlab qoladi va Yugoslaviya ittifoq respublikasi deb qayta nomlanadi.
Keyinçalik, NATO bombardimonidan 4 yil ötib, 2003 yilda Yugoslaviya ittifoq respublikasining nomi Serbiya va Çernogoriya ittifoqi deb özgartiriladi.
2006 yilda Çernogoriya öz mustaqilligini e’lon qilgaç Serbiya va Çernogoriya ittifoqi ikkita alohida mustaqil davlatga bölinadi va şu tariqa serblarning Bolqon yarim orolidagi ittifoq davlati va hukmronligi tarixga aylanadi.
Hozir sobiq Yugoslaviya sotsialistik federativ respublikasi örnida yettita mustaqil davlat bor. Ulardan oltitasi – Serbiya, Xorvatiya, Bosniya, Sloveniya, Şimoliy Makedoniya va Çernogriya BMTning tölaqonli a’zolari hisoblanadi.
Kosovo respublikasining mustaqilligini esa dunyoning yuzga yaqin davlati tan olgan. Biroq u hozirça BMTGa a’zo emas. (Ma’lumot uçun, Rossiya, Belarus va boşqa sobiq ittifoq respublikalari kabi Özbekiston ham Kosovo mustaqlligini tan olmagan).
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi