1 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil yöli yoqasidagi reklama banneri bir erkakning ustiga qulab tuşgani, hodisa guvohlari trotuarda harakatsiz yotgan jabrlanuvçiga yordam körsatiş maqsadida tez tibbiy yordam xizmatiga qönğiroq qilayotgani aks etgan video tarqalgandi.
Hodisaga oid boşqa bir videoda bannerning qulaşidan Nexia-3 rusumidagi transport vositasi ham zararlangani körinadi.
“Banner bosib qolgan odam hozir kasalxonada, oyoq qöli soğ. Lekin huşini yöqotgan. Agar uning oldida Nexia-3 maşinasi bölmaganida, [qulagan banner] fuqaroning umriga zomin bölar edi”, deyiladi “Namanganliklar” telegram-kanalida çiqqan xabarda.
Kun.uz muxbiri jabrlanuvçi banner qöporilib tuşgan joyda mayda-çuyda sotib, tirikçilik qilişini aniqladi.
Guvohlar qulab tuşgan reklama ustuni asosi atigi qirq santimetrlik betondan iborat ekani, çuqur kavlamasdan tuproq ustiga örnatilgan poydevor kuçsiz şamol natijasida ustidagi oğirlikni kötara olmay yiqilib tuşganiga e’tibor qaratişgan.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsiddinov röy bergan holat yuzasida ma’lumot berdi.
“1 may kuni Namangan şahrida joylaşgan reklama banneri fundamentidan öpirilib, yerga tuşişi oqibatida bir nafar şaxs (erkak, 1997 y.t.) tan jarohati olgan va joyida huşini yöqotgan.
Şundan söng, yon atrofda bölgan fuqarolarning kömagida jabrlangan şaxs darhol şifoxonaga olib ketilgan. Mazkur holat yuzasidan tekşiriş harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi bayonotda.

















